So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  2 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

SHahboz Umarov Evropa ligasida o'ynaydi Yangiliklar

SHahboz Umarov Evropa ligasida o'ynaydi

Belarusda faoliyat yuritayotgan SHahboz Umarov yaqin orada yangi jamoa safiga o'tishi tobora oydinlashmoqda.

"Energetik BGU" jamoasi sharafini himoya qilayotgan SHahboz Umarov ayni dam chempionat grandi BATE klubi bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

BATE jamoasi SHahboz Umarovning xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan va uni tez orada klub safiga qo'shib olishni rejalashtirgan.

Qayd etish kerakki, Umarov yaqinda BATEga qarshi bahsda chamasi 40 metrlar masofadan jarima zarbasi orqali BATE darvozasiga supergol kiritgandi. Aynan mazkur goldan keyin klub tomonidan qiziqish yana oshgan va muzokaralar boshlangan.

Saytimizga malum bo'lishicha, Umarov BATE kuz oyiga yaqin yo'l oladi va klub o'zbekistonlik futbolchini Evropa ligasining yangi mavsumiga qaydnomaga kiritishni rejalashtirgan. Tomonlar muzokara jarayonida og'zaki kelishuvga erishishgan.

Eslatib o'tamiz, Belarusda Umarov bilan birgalikda Yaxshiboev ham "Energetik BGU" sharafini himoya qilib kelayotgan va yaqinda chempionat peshqadam "SHaxtyor" klubiga ko'chib o'tgandi. Endilikda Umarov ham klub prospiskasini almashtirishi kutilmoqda.

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика