So’nggi yangiliklar

02:07U21 биринчилиги. Бир ўйинда 13 та карточка, 7 гол урилган ўйинда "Навбаҳор" ғолиб, пешқадамдан йирик ғалаба: 10-тур натижалари билан танишинг (+ЖАДВАЛ)  0 00:50Алан Ширер: "Аморим билан барчаси ёмонлашди"  2 00:29"Реал" Хаби Алонсо тайинловини қачон эълон қилади?  1 23:49Месси фаолиятидаги энг севимли голини айтди  3 23:14Бэйл: "Тоттенхэм" қарғишдан қутулди"  7 22:44Расман: "Барселона" Рафинья билан шартномани узайтирди  1 22:11Родриго "Реал"дан кетишни истамаяпти  1 21:41Европа лигасининг мавсум футболчиси ва рамзий термаси эълон қилинди  0 21:27Суперкубок чипталари 23 май куни сотувга чиқарилади  7 20:59Деку: "Ямалга ПСЖ қизиқиш билдирди, "Реал" эса йўқ"  6 20:14Хайр, афсона! Лука Модричнинг "Реал"дан кетиши маълум қилинди  22 20:01"Челси" Экитике трансфери бўйича музокаралар олиб бормоқда  0 19:38Йорк "Манчестер Юнайтед"ни Мартинесни сотиб олишга чақирмоқда  6 19:10"Ал Ҳилол" АПЛнинг таниқли мураббийига қизиқмоқда  2 18:43Германия терма жамоаси Миллатлар Лигасининг "Тўртлик финали" учун таркибини эълон қилди  16

SHahboz Erkinov: “Har qanday sovrinni qo'lga kiritish yoqimli” Yangiliklar

SHahboz Erkinov: “Har qanday sovrinni qo'lga kiritish yoqimli”

"Nasaf” - “Buxoro” jamoalari uchrashuvi (3-0) so'ngida, qarshiliklar hujumchisi, o'yindagi dastlabki gol muallifi SHahboz Erkinov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

- O'yin juda qiyin kechishi kutilgandi. Yaxshi hamki baxtimizga tezkor gol urishga muvaffaq bo'ldik. Bu esa keyinchalik o'yinni o'z nazoratimizda ushlab turishga imkon berdi. Qolaversa ikkinchi davraning o'zida ushbu jamoa bilan o'z maydonimizda ikkinchi bor uchrashganimiz uchunmi ular haqida etarli malumotga ega bo'lib ulgurgandik.

Asosiysi, ikkala jamoa ham ochiq o'yin ko'rsatgani ayniqsa muxlislarga uchun qiziqarli bo'ldi, deb o'ylayman.

Sovrin haqida? (SHu kuni Erkinov faoliyatidagi gollari 100tadan oshgani uchun "Gennadiy Krasnickiy klubi"ga azoligi sovrini bilan taqdirlandi- muallif).
Albatta faoliyatdagi har qanday sovrin uning nufuzidan qati nazar kishiga yoqimli kayfiyat baxsh etadi. Nasib etsa bundan keyin ham gollarimiz sonini yanada kupaytirib, “yuzlik” dovonlarning ko'pini bosishga harakat qilamiz.

- Ushbu sovrin terma komanda murabbiylar shtabiga SHahboz Erkinov nomini eslatib, bosh jamoaga yana yo'l ochadimi?
- Bu avvalo o'zimga, o'yinimga bog'liq. O'zbekistondagi har bir futbolchi milliy terma jamoa murabbiylari kuzatuvidadir. Agar unga munosibligimizni isbotlay olsak, albatta termadan chaqiruv olamiz. Buning uchun esa ustimizda hali ko'p ishlashimiz kerak.

“Buxoro” PFK Matbuot xizmati.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика