So’nggi yangiliklar

01:45ЖЧ-2026 саралаши. Германия мағлуб бўлди, Нидерландия дуранг ўйнади ва бошқа натижалар билан танишинг  7 01:20Валерий Карпин: "Иорданиядан бунақасини кутмагандик"  9 00:51Родри: "Бу жароҳат менинг фаолиятимни узайтирди"  0 00:33Даниэль Леви 24 йилдан сўнг "Тоттенхэм"дан кетди  1 00:03Ўртоқлик учрашуви. Россия - Иордания ўйинида голлар урилмади  5 23:51Фаррух Сайфиев Расул Чориевнинг ҳолидан хабар олди  12 23:31Ўртоқлик учрашуви. Саудия Арабистони Шимолий Македония термасини мағлуб қилди  0 23:09Ўзбекистон терма жамоаси Қирғизистонга қарши ўйин олдидан машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  4 22:51Эрон "CAFA Nations Cup-2025" финалига йўлланма олди  8 22:15Килиан Мбаппе: "Бизга дам керак"  6 21:51Трентнинг "Реал"га ўтганига бўлган муносабат Майкл Оуэнга ёқмади  1 21:25Элдор Шомуродов: "Ниятимиз финалга чиқиб, чемпион бўлиш"  14 20:59ЖЧ-2026 саралаши. Қозоғистон ўз майдонида Уэльсга имкониятни бой берди  14 20:40"Насаф" назорат ўйинида "Шўртан"га икки марта ютқазди  2 20:20МЮ "Атлетико" футболчисини ижарага олмоқчи бўлган, аммо рад жавобини олган  0

SHahboz Erkinov: "Barqaror o'yin namoyish etib kelayotgani uchun "Mashal"ni tanladim" Yangiliklar

SHahboz Erkinov: "Barqaror o'yin namoyish etib kelayotgani uchun "Mashal"ni tanladim"

O'tgan mavsum "Navbahor"da o'ynagan SHahboz Erkinov 2016 yilgi mavsumni "Mashal"da boshlaydi.

"Bunyodkor" - "Mashal" (2:0) uchrashuvidan so'ng biz hujumchining fikrlari bilan qiziqdik.

"Mashal" rahbariyati menga o'tgan mavsum tugagach taklif bilan chiqishgandi. Muborak klubi bir necha yildan buyon barqaror o'yin namoyish etib kelayotgani uchun shu erga kelishga qaror qildim. Oldimda 3-4ta variant bor edi. O'ylab ko'rib "Mashal"ni tanladim", - deydi Erkinov. 


- Orada Malayziyaga ham borib keldingiz...

- Ha to'g'ri, Malayziyaga borib kelganim ros. Biroq u erga jismonan tayyor bo'lmagan holda borgandim, shu bois qaytishga to'g'ri keldi. Klubda qolishim mumkin edi, ammo fevralgacha kutishim kerak edi. Bu variant menga maqul kelmadi.  


- "Mashal" jamoasi sizni qanday kutib oldi? Raqobatga tayyormisiz?

- Klub meni yaxshi kutib oldi. Bir qator futbolchilar bilan avvaldan tanishmiz. Bu borada muammo bo'lgani yo'q. Albatta, raqobatga tayyorman. Bu o'sishga yordam beradi. Tarkibda yosh hujumchilar ko'p, ularning qanday ishlayotganini ko'rib turibman. 


- Baxtiyor Ashurmatov ketgani uchungina "Navbahor"dan ketdingizmi?

- Bu ham sabablardan biri bo'ldi. Ammo shu yil 90 foizga "Navbahor"dan ketishim aniq edi. Ishonsangiz klubning futbolchilardan hamon qarzi mavjud. "Lochinlar" safiga yangi murabbiy keldi, yangi jamoa shakllanmoqda. SHu bois ketishga qaror qildim.


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика