So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

SHahboz Erkinov "ajdarlar" safidagi ilk golini "Nasaf"ga urdi Yangiliklar

SHahboz Erkinov "ajdarlar" safidagi ilk golini "Nasaf"ga urdi

Teglar :  Nasaf
Qarshining "Nasaf" klubi o'z qarorgohida ikkinchi davraga tayyorgarliklarni davom ettirmoqda.

Kecha “Nasaf” futbolchilari ikkiga bo'lingan holda o'zaro nazorat uchrashuvi o'tkazishdi.

Uchrashuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi. Uchrashuvdagi gollarni Azamat Allaniyozov (2), Fozil Musaev va SHaxboz Erkinovlar (penaltidan) kiritishdi.

Nazorat uchrashuvida quyidagi futbolchilar maydonga tushishdi. Jamoamiz futbolchilari maydonda ko'k va oq futbolkalarda harakat qilishdi.

“Ko'klar”: Javohir Komilov, Ildar Mamatkazin, Deyan Bolevich, SHuhrat Muhammadiev, Fozil Musaev, Bahrom Abdurahimov, Farrux Sayfiev, Ognen Krasich, Asliddin Abdiev, Sirojiddin Qo'ziev, Dilshod Xushbakov.

“Oqlar”: Maksim Kriushev, SHerzod Azamov, Igor Golban, Nikita Pavlenko, Sobit Sindorov, Saydullo Rahmatov, Najmiddin Normurodov, Akmal Murodov, Islom Rashidxonov, Azamat Allaniyozov, Doniyor Narzullaev.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limida Javohir Komilov o'rniga Sanjar Quvvatov, Asliddin Abdiev o'rniga SHaxboz Erkinov va Sobit Sindorov o'rniga Islom Rashidxonovlar maydonga tushishdi.

Jamoamiz safiga yaqinda kelib qo'shilgan serbiyalik legioner asosan o'ng qanot yarim himoyasida harakat qildi, birinchi bo'limda uning amalga oshirgan burchak to'pini Fozil Musaev golga aylantirdi.

Bugun shuningdek jamoamiz qarorgohiga “Sport” telekanalining jurnalistlari ham tashrif buyurishdi. Uchrashuv jarayonining qiziqarli daqiqalarini tasvirga olishdi va jamoamiz bosh murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevichdan intervyu ham olishdi.

Intervyuda Ro'ziqul Berdiev jumladan quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

-Tayyorgarliklarni 14 iyuldan boshladik, shu kuni futbolchilarimiz Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tishdi va 15 iyuldan klubimiz qarorgohida ikkinchi davraga tayyorgarliklarni olib bormoqdamiz. Yig'inimiz 21 iyulga qadar davom etadi. 21 iyul kuni Samarqandda “Dinamo” jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazamiz. Keyin jamoamiz futbolchilariga ikki kunlik dam olish elon qilamiz va dam olishdan so'ng o'z maydonimizda bo'ladigan O'zbekiston Kubogi chorak finali javob uchrashuviga tayyorgarlikni boshlaymiz. Tayyorgarlik jarayonida asosiy etiborni futbolchilarimizning jismoniy holatini yaxshilashga va texnikasiga hamda jamoamizning taktik mahoratini oshirishga qaratmoqdamiz.

Jamoamizni ayrim o'yinchilar tark etishdi va bazi o'yinchilarimiz jarohatlarini davolatish bilan mashg'ul bo'lishmoqda. Ularning o'rnini to'ldirish uchun yangi futbolchilarni taklif qildik. Bular, serbiyalik Ognen Krasich, rossiyalik Igor Golban va hujumchi SHaxboz Erkinovlardir. Bundan tashqari ham bir necha futbolchilar mashg'ulotlarimizda ishtirok etishmoqda. Jamoada kim qolishi yoki ketishi 21 iyuldan keyin malum bo'ladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика