So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  29 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  13 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

"SHahboz Beg'amov futbolni yaxshi tushunadi va shu boisdan ham doim keskin, og'riqli va oson bo'lmagan savollarni beradi" - Usmon Toshev ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"SHahboz Beg'amov futbolni yaxshi tushunadi va shu boisdan ham doim keskin, og'riqli va oson bo'lmagan savollarni beradi" - Usmon Toshev ishtirokidagi matbuot anjumani

Jahon chempionati Qatar-2022 saralash bosqichining 2-raund doirasidagi 1-tur to'qnashuvi Tojikiston - Qirg'iziston (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Usmon Toshev ishtirok etdi va g'alaban keyingi fikr va taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Birinchi navbatda barcha tojikistonliklarni mazkur g'alaba bilan tabriklayman. O'yindan oldin asabni tinchlantirib, xotirjamlikni saqlab, bosimdan xalos bo'lish lozim edi. Buni uddalay oldik. Dastlabki o'yin, uning ustiga uyda. SHu boisdan ham uchrashuvdan oldin mazkur jihat meni o'ylantirayotgandi. O'yindagi mehnat natijasida yaxshi gol urib, buni uchrashuv so'nggiga qadar ushlab qolishga erishdik. Bu ham yaxshi. Bardoshli o'ynadik. Muhimi, qo'lga kiritilgan 3 ochko. Umuman olganda o'yin bo'yicha etirozlar yo'q. Lekin shunga qaramay, ko'rib chiqib bazi detallarni hali yana tahlil qilamiz. Jamoa bugungi kundagi o'zining maksimum o'yin darajasida o'ynadi. Albatta, murabbiy har doim jamoasi o'yinidan kamchilik topishi mumkin. Bunday holatlarni hech kim inkor etmaydi. Lekin bizning yondoshuv sal boshqacharoq. Yani, kamchiliklarni ham pozitiv ruhda aytib, uni to'g'rilash jarayonni yanada tezlashtiramiz va bu oson ham. Har doim minuslarni izlayversangiz inson o'ziga bo'lgan ishonchni yo'qotib qo'yishi mumkin. Lekin bugun ko'plab o'ylagan rejamiz va kombinacion o'yinimiz ko'p taraflama o'xshadi. Ayniqsa hujumdagi nostandart harakatlar va o'ylanmalar ishladi. O'yin teng o'tdi, deb o'ylayman. Faqat qaysidir epizodlarda biz aniqroq va samaraliroq o'ynadik va bu hal qiluvchi bo'ldi", - deya matbuot anjumanida o'zining dastlabki fikrlarini bildirdi Usmon Toshev. 


- Natija va chiroyli o'yindan tashqari holat. Dastlabki 20 daqiqa jamoa xotirjamlikni qo'lga ololmadi. Mazkur startdagi inqirozni qanday izohlaysiz?

- Men bu oralig'dagi o'yinni inqiroz demagan bo'lardim. Raqib ham xalqaro tajribaga ega jamoa. Bunday fojea yasamasdim. Dastlabki 20 daqiqalikni juda yomon o'tkazdik, degan fikrga qo'shilmayman. SHunchaki hali aytganimdek, hayajon kuzatilgan bo'lishi mumkin. O'yin borishiga qarab hammasi iziga tushib ketdi. Lekin baribir bu fikrga qo'shilmadim. Aksincha, ikkinchi taymni bo'sh o'tkazdik. Tashabbus va ustunlikni raqibga topshirib qo'ydik. Nega bunday bo'lganini futbolchilar bilan muhokama qilib, vaziyatni tahlil qilamiz. Biz ikkinchi taymda o'zimiz istagan holda tashabbusni raqibga topshirishni rejalashtirmagandik. 

- Tojikiston o'yinida o'sish kuzatilganini ko'rdik. So'ramoqchi bo'lganim, Amirbek Jo'raboev bugun raqib hujumlarini buzish bilan birgalikda, hujumlarni tashkil etishda ham jonbozlik ko'rsatib, faol o'ynadi. Aynan siz uchun murabbiy sifatida mazkur futbolchi qanday rolda ko'proq yaxshi ko'rinadi? (Usmon Ibodov, O'zbekiston)

- Birinchidan, Jo'raboev juda katta hajmdagi ishni bajaradi. Aslida Jo'raboevdan ko'p ham oldinga o'tmasdan, o'z hududida raqib hujumlarini bartaraf etish kerakligini alohida takidlab, hujumga berilib ketayotganda to'xtatdik. Bugungi rejaga ko'ra, Parviz ham Alisherga yaqinroq hujumchilarga yordam berishi lozim edi. Amirbek esa ularning o'rnini himoyada sug'urtalab turishi aytilgandi. Jo'raboev o'rtada qolish o'rniga chaproqda ham, o'ngda ham ochilib ko'p to'p so'ramoqda. Biz esa undan ko'proq himoyalanish funkciyasini bajarishini talab qilamiz. Bu tajriba va mahorat bilan keladigan holat. Futbolchi kuchini kerakli darajada foydali tarafga sarflashi lozim. Amirbekdan bugun himoyani ko'proq tozalab turish vazifasini so'ragandik. 


- Zaxira almashtiruvlaridan juda kech foydalandingiz va boshlang'ich tarkib juda ko'p vaqt o'zgartirishsiz qoldi...

- Futbolda shunday holatlar bo'ladiki, bazida o'zgarishlarni qilmay turgan maqul. Yaxshi o'ynab turgan va ishlab turgan bog'lamlarni uzib qo'yish doim ham yaxshi effekt bermaydi. O'yin yaxshi kechib, futbolchilar bir maromda o'ynashgani uchun buni buzib qo'yishni istamadim.

- Garchi hisob o'yin oxiriga qadar qaltis bo'lgan bo'lsada, o'yin jihatdan bugun Qirg'izistonni ishonchli ravishda chinakamiga mag'lub etdinglar. Savolim shundayki, qaerda ishlamang, jamoani o'z uslubingizga moslab o'ynatgansiz. Qisqa to'p uzatmalar va kombinacion futbol. To'g'ri, bu doim ham natija keltirmagan. Lekin jamoaning aniq o'yin qiyofasi yuzaga kelgandi. Tojikiston terma jamoasida ham murabbiy imzosi yaqqol ko'rinib turibdi. Lekin o'sha siz ishlagan jamoalarda himoyadagi parokandalik ko'proq pand bergan. Bugun esa nafaqat hujumda erkin, ijodiy yondoshib, keskinlik yaratildi. Balki himoyalanishda ham tartib va pozicion juda puxta harakatlandi mudofaa chizig'i. Bunga qanday erishdingiz va Tojikiston termasi fonida o'z jamoangizni topdim, deb o'ylaysizmi? (SHahboz Beg'amov, "championat.asia")

-  SHahboz Beg'amov O'zbekistondan kelgan jurnalist. SHahboz futbolni yaxshi tushunadi va shu boisdan ham doim shunday keskin, og'riqli va oson bo'lmagan savollarni beradi. Birinchidan, sizlarni bu erda ko'rib turish yoqimli. Bilasizmi, muhimi, jamoaga o'z injiqliklari yoki qandaydir nizomlarni qo'lga ko'tarib kelmaslik kerak. Yangi kelgan joyga kelib, ularni nimani o'ylashini va nimani xohlashini tushunish katta ahamiyatga ega. Ularni futboldagi tushunchasi qanday va yangi joyda ular nimaga erishmoqchi ekanligini aniqlab olish muhim. Qo'l ostingizdagi futbolchilarning imkoniyatidan kelib chiqib ularni yanada sayqallash kerak bo'ladi. Bizda yaxshi kollektiv yig'ilgan. Bugun ham ular bir-biri uchun maydonda chinakamiga kurashdi. Asta-sekinlik bizda jamoa shakllanmoqda. O'yin tizimi yo'lga qo'yilmoqda. Hali biz optimal holatdan uzoqmiz. Ish ko'p. O'yindan-o'yinga kuchayib, rivojlanib bormoqdamiz. Muhimi, men xohlayotgan va falsafaga tushadigan futbolchilar bor hamda ular futbol o'ynash ishqida yonmoqda.

- Juda ko'p yillardan buyon stadion hech to'lmayotgandi. Siz esa stadionga yana anshlagni qaytardingiz. Qaytganda ham rekord darajadagi muxlislar tashrifi kuzatildi... Kelasi o'yinda muxlislar bilan liq to'la stadionda Yaponiyani mag'lub etishga qodirmizmi?

- Bilasizmi, har qanday mutaxassis, murabbiy yoki futbolchi stadion doimo ishqibozlar bilan to'lib toshishini istaydi. CHunki barcha qilinadigan ishlardagi yakuniy maqsad - muxlislar uchun chiroyli muhit va futbol yaratish. Ular esa shunday fayzli muhit orqali futbolchilarga qo'shimcha motivaciya berishadi. Futbolchilarni maydonda ilhomlantiradigan asosiy "qurol" - muxlislar olqishi. Bugun barchamiz birgalikda bir jamoaga aylanib g'alaba qozondik. Yaponiyaga keladigan bo'lsak, bunga qadar hali Mongoliya bilan o'yin bor. SHu boisdan ham vaziyatdan ilgarilab ketish yaramaydi. Bugun Mongoliya yutganidan xabarimiz bor va ular bilan ham oson bo'lmaydi. Keyin esa Yaponiya bilan o'yin haqida bosh qotiramiz.

- Fatxullo Fatxulloevning terma jamoadagi kelajagi haqida qanday fikrdasiz?

- Fatxullo Fatxulloevni diskvalifikaciya muddati yakuniga etmagani uchun jalb etolmadik. Noyabrdagi yig'inda uning diskvalifikaciya muddati tugaydi. Fatxullo bilan doimo aloqadamiz. Kamiga Fatxulloev hozirda men tug'ilib o'sgan shahar "Buxoro" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Men esa unga qaerda nima borligiyu, qaerlarni sayohat qilishigacha aytib turibman. Fatxullo tajribali futbolchi, hali safga qaytsa jamoa o'yinini kuchaytiradi. Futbolchilar bilan ham o'zaro munosabatlari juda iliq. Biz uni terma jamoa safiga qaytishini kutyapmiz.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика