Bunyodkorning tarkibi juda yosh degan ertaklarni yig'ishtirish kerak - Shahboz Beg'amov

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2020, 23:42
Jurnalist Shahboz Beg'amov "Bunyodkor"ning bugungi mag'lubiyatidan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

U o'zining telegrammdagi kanalida shunday yozdi:

Bunyodkor juda yosh tarkibi bilan zo'r o'ynapti

Yo'g'e? Ha, bo'masamchi!?

Abdumavlon Abdujalilov haliyam yoshku, endi 26 yoshga to'ladi. Dilshod Ahmadaliev ham yosh, endigina 7 yil bo'ldi katta futbolga kirganiga va hali tajriba to'plamagan bo'lsa ham kerak.

Murod Xolmuhammedov (29 yosh), Anvar G'ofurov (37 yosh), G'ulomHaydar Gulyamov (28 yosh), Lutfulla To'raev (31 yosh) hali tajriba to'plashmagan, pishmagan yosh iqtidorlar qatorida tilga olinaveradi, shekilli. Sardor Abduraimov (24 yosh) va Humoyun Murtazoev (27 yosh) ham o'tgan yil chiqib porlagan yosh qaldirg'ochlar deyilsa kerak.

Qanday yosh tarkib? Abramov Bunyodkor yoshlarini o'ynatib yuripti degan ertaklar to'qimachilari o'zbek futbolini shunchaki nomiga biladi.

Ertaklarni yig'ishtirish kerak. Yosh, yosh, yosh deb 18-20 yoshli futbolchilarni, bugungi tarkibdagi Jasur Jaloliddinov, Suhrob Izzatov va Hasan Yo'ldoshevga nisbatan ishlatish mumkin.

O'tgan yilgi Bunyodkorning tarkibiga nisbatan ham yosh jamoa degan jumlani ishlatish modaga aylangandi. Vaholanki o'shanda hozirda jamoadan ketgan, MTJda kuylak yirtgan bazi veteran, tajribali va yuqori mahorat egalari va legionerlar bor edi - Zuhurov (36 yosh), Gadoev (27 yosh), Tursunov (33 yosh) va hokazo.

O'tgan mavsum ham, katta ehtimol bu yil ham faqat bitta jamoaga nisbatan, yani Nasafga qarata yosh jamoa deyish to'g'riroq. Berdiev jamoasi ham nechinchi yil Superligada o'ynamoqda, etarli tajriba to'plangan o'rta yosh futbolchilar. Faqat bazi chiziqlarga nisbatan yetakchilar zarur bo'ladi. Balans, yani muvozanat uchun.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia