So’nggi yangiliklar

22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  0 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  2 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  6 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  3 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  3 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  7 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1

SHahar bedarvozami? Yangiliklar

SHahar bedarvozami?

Telegramdagi "qizil VAR" kanali o'zbek futbolidagi muammolardan biriga to'xtaldi:

"Yangi yilning avvalida "Navbahor", "Neftchi" va AGMK jamoalarining faol transfer kompaniyasi barchani o'ziga mahliyo qilib qo'ydi. Eyforiyadagi muxlislar "Paxtakor" gegemonligi yakunlangani, chempionlik Olmaliq yoki Namanganga nasib qilishi haqida gapiryapti. Lekin, negadir "Nasaf" yana jim...

Umuman olganda, hozir futbolimiz uchun Qarshi shahri jamoasining kuchayishi muhimroq. CHunki "Nasaf"ni 15 mart sanasida kutib turgan o'yin ("Baniyas" maydonida) biz uchun muvaffaqiyatli yakunlansa, 2022 yilda ham xalqaro maydonda 3 klubimiz ishtirok etadi ("So'g'diyona"ga OFK kubogi uchun yo'l ochiladi). OCHL va OFK kubogidagi ijobiy natijalar esa 2024 yil uchun xalqaro musobaqalarga beriladigan kvotalarimizga tasir qiladi. 

Ammo "Nasaf" matbuot xizmati jim. Jamoani Doniyor Narzullaev hamda Andriya Kaluderovich tark etdi, tarkibga kelib qo'shilgan yangi futbolchilar haqida malumot berilmadi, hech kim transfer qilinmadi. Aslida qilishning imkoni ham yo'q!

Boisi shundaki, FIFA 9 dekabr kuni "Nasaf"ga transfer taqiqi belgilagandi. Bu sankciya Abdelae Diakite oldidagi qarzdorlik va jarima to'lanmagani uchun qo'yilgan. Eng qizig'i, franciyalik futbolchi O'zbekistonda 1 kun ham bo'lmagan, lekin jamoa rahbariyatining "oqilona" qarori tufayli belini og'ritmasdan ham 100 ming dollar ishlab topadi. SHuningdek, klub OFKga ham jarima to'lashi kerakligi aytilyapti ("Li Man" bilan o'yinda stadiondagi xavfsizlik masalasiga etiborsiz bo'lgani uchun). Bu jazo ham aynan rahbariyatning qo'pol xatosi tufayli "osmondan tushdi". Agar "Nasaf" mutasaddilari OFK vakilining ogohlantirishini to'g'ri qabul qilishsa, katta ehtimol bilan bunday bo'lmasdi.

Endi savol tug'iladi: yuqorida aytilgan holatlarda "qovunni kim(lar) erga tushirib yuborgan?" Ularga nisbatan qandaydir chora ko'riladimi yoki klub byudjeti hamda o'zbek futboli imidjiga katta zarar etkazayotganlar dahlsiz kimsalarmi? 

Yuqoridagi kabi holatlar avvalroq davlat ulushi bor korxonalar tomonidan moliyalashtiriladigan boshqa jamoalarda ham takrorlangandi. Bu mutasaddilarning ilimsizligi tufayli yuzaga keladigan holat. Ish jarayonida bilim topolmagan mutaxassislar hech bo'lmasa muxlislardan uzr so'rash uchun kuch topolsa yaxshi bo'lardi. Hamma o'z xatolari uchun javob berishi kerak! 

P.s. Afsuski, yaqin kelajakda bunday bo'lmasa kerak. CHunki darvozasi yo'q shaharlar faqat bizda bor...", — deyiladi postda.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика