So’nggi yangiliklar

22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  0 22:50АПЛ. "Манчестер Сити" - "Борнмут" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  6 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  4 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  1 18:26Бундеслига 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 17:49Токотаев, Кичин, Алмазбеков, Мерк, Кожо... Қирғиз Республикасининг КХДР ва БААга қарши учрашувлар учун кенгайтирилган таркиби маълум  10 17:24Жиянов, Исмоилов, Бубанья, Жумаев ва бошқалар... Суперлига 10-тур рамзий терма жамоаси   2 16:43Дэвид Бекхэм Рубен Аморимнинг МЮдаги фаолияти ҳақида: "Уни қўллаб-қувватлаш керак, кейин натижани кўрасиз"  3

“Sevinch” kubok uchun kurashni g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

“Sevinch” kubok uchun kurashni g'alaba bilan boshladi

Teglar :  Sevinch
“Sevinch” jamoasi bugun XV O'zbekiston kubogining dastlabki bosqich uchrashuvida maydonga tushdi.

Jamoamiz raqibi O'zbekiston birinchiligi peshqadami  - Termizning “TerDU Surxan” jamoasi bo'ldi.Bugungi uchrashuvni oliy liga peshqadami va birinchilik peshqadamlari o'rtasidagi bahs deya, atash mumkin edi. CHunki, Termizlik futbolchi qizlar mana bir necha yildirki, O'zbekiston Birinchiligida etakchi jamoalardan bo'lib kelishmoqda. Ayni paytda ham ular birinchilikning 3-turidan so'ng turnir jadvalida peshqadam bo'lib turishibdi.

Uchrashuv kutilganidek jamoamizning tashabbusi bilan boshlandi. O'yinchilarimiz uchrashuv boshidanoq maydondagi ustunlikni o'z qo'llariga olishdi. Tajriba borasidagi futbolchilarimizning raqiblariga nisbatan ancha kuchliligi hisobda ham aks eta boshladi.

Uchrashuvdagi hisob  6-daqiqasidayoq jamoamiz tomonidan ochildi. SHundan so'ng futbolchi qizlarimiz ketma-ket raqib darvozasini yana olti marta ishg'ol qilishdi. Birinchi bo'lim  7:0 hisobida jamoamiz foydasiga hal bo'ldi.

Birinchi bo'limdagi jamoamiz  gollariga Nilufar Qudratova (3),  Feruza Turdiboeva (2), SHaxzoda Jamolova (1) va Saida Xandamovalar mualliflik qilishdi.

Ikkinchi bo'lim boshida murabbiylarimiz zaxiradagi o'yinchilarimizga ham imkon berishdi. Ularning maydonga tushishi ham albatta o'yin suratini oshirib yubordi.  Ikkinchi bo'lim ham jamoamiz ustunligida davom etdi. Futbolchilarimiz raqib davozasiga yana to'rtta gol kiritishdi. Gollarga Feruza Turdiboeva (1), Mahliyo Sarikova (2) va Elvina Ablyakimovalar mualliflik qilishdi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida futbolchilarimiz ko'proq o'zlarida to'pni saqlab turishib, o'yin tizginini boshqarib turishdi.

SHunday qilib, oliy liga va quyi liga peshqadamlari o'rtasidagi uchrashuv yirik 11:0 hisobida jamoamiz g'alabasi bilan yakunlandi. Bu g'alaba jamoamiz uchun shubhasiz keyingi bosqich taqdirini hal qilib berdi.

XV O'zbekiston Kubogi, dastlabki bosqich

“Sevinch” (Qarshi) – “TerDU Surxan” (Termiz) 11:0 (7:0).  74 tomoshabin.

17.08.2016. “Geolog” stadioni

Bosh hakam:
Jasur Qudratov (Samarqand)

Yordamchi hakamlar: Olimjon Abduxalimov (Navoiy), Marjona Rahmatqulova (SHaxrisabz)

Zaxira hakami: Husnora Jumaeva (Qarshi).

Nazoratchi: Maxmud SHaripov (Buxoro).

Gol: Nilufar Qudratova 6′-1:0, 19′-3:0, 37′-5:0,  Feruza Turdiboeva, 12′-2:0, 28′-4:0, 48′-9:0,  SHaxzoda Jamolova, 39′-6:0, Saida Xandamova, 40′-7:0, Mahliyo Sarikova, 47′-8:0, 59′-10:0, Elvina Ablyakimova, 67′-11:0.

“Sevinch”: 1.Olga Kaxarova (16.Matluba Abdurasulova 27, 12.Laylo Tilavova 52), 18.SHoxida Tojiddinova, 8.Kamola Riskieva, 25.Maftuna Jamolova (27.SHodiya Tosheva 46), 19.Saida Xandamova, 7.Feruza Turdiboeva, 9.Mahliyo Sarikova (s), 20.Zumrat Nazarova ( 17.Tanzilya Zarbieva 46), 55.Elvina Ablyakimova, 77.Nilufar Qudratova (37.Malika Burxanova 46).
 
“TerDU Surxan”: 23.Carvinoz Ergasheva, 5.SHaxzoda Xoliqova (3.Kamola Kamolova 29), 6.Madinva Xalilova, 7.Nilufar Murodova, 8.Sayyora Joniboeva, 9.Munira Allayorova, 10.Mohigul Baxtiyorova (s), 11.Dilafro'z Toshpo'latova, 13.Munisa Turdiqulova, 14.Dinora Meylieva, 15.Iroda G'ulomova (4.Anora Abdurahimova 47).
Zaxira: Sarvinos Ergasheva, 22.Sabrina Sobirjonova, 12.Zulfiya Abdieva, 18.Nigora Xursanova,  19.Noza Omonturdieva, 23.SHafoat Mardieva.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика