“Sevinch” bugundan to'liq tarkibda mashg'ulotlarni boshlaydi
21 fev 2017 10:55
Yangiliklar
“Sevinch” bugundan to'liq tarkibda mashg'ulotlarni boshlaydi
Bugundan jamoamiz futbolchilari to'liq tarkibda yana mashg'ulotlarni boshlaydi. Bungacha mini futbolda ishtirok etmagan futbolchilarimiz mashg'ulotlarni davom ettirayotgan edilar. Navbatdagi tayyorgarlik mashg'ulotlarida asosiy etibor, jamoamiz oldida turgan mini futbol bo'yicha XIII O'zbekiston chempionatining hal qiluvchi 3-bosqichiga qaratiladi.
Bu yilgi mini futbol bo'yicha chempionatining 3-bosqichi 16-20 mart kunlari Toshkentda bo'lib o'tadi. Ushbu bosqichda chempionatning bo'lib o'tgan ikki turida eng yuqori natijalarni qo'lga kiritgan oltita jamoa ishtirok etadi. Bular Qarshining “Sevinch”, G'uzorning “SHo'rtan Lady”, Toshkentning “TATU”, “Paxtakor-W”, Toshkent viloyatining “Yuz rabot” va Nukusning “Qirq qiz” jamoalaridir.
Ushbu hal qiluvchi 3-bosqichda bu yilgi chempion nomi aniq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ayollar futboli tarixida mini futbol bo'yicha Qarshining Sevinch” jamoasi 12 marta chempionlikni qo'lga kiritgan.
Fikrlar