"Sevilya" Lopetegini istefoga chiqardi
06 okt 2022 10:52
Yangiliklar


"Sevilya" Lopetegini istefoga chiqardi
"Sevilya" klubi bosh murabbiy Xulen Lopetegini ishdan bo'shatganini elon qildi.
Mutaxassis CHempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turida Dortmundning "Borussiya"sidan (1:4) mag'lubiyatga uchragach, ishini yo'qotdi.
56 yoshli ispaniyalik murabbiy 2019 yildan beri "Sevilya"ni boshqarib kelayotgandi. Jamoa uning qo'l ostida 2019/20 yilgi mavsumda Evropa Ligasi sovrinini qo'lga kiritdi. Lopetegi jamoani 170 ta o'yinda boshqargan.
"Sevilya" ushbu mavsum Primerada 1996/97 yilgi mavsumdan keyingi eng yomon startini ko'rsatdi, jamoa etti turda besh ochko jamg'arib, Ispaniya chempionatida 17-o'rinni egallab turibdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar