So’nggi yangiliklar

01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  3 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  0 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  6 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  0 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  15 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  102 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  4 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  848 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  7 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  5 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3

“Setuballik bolakay”dan “Special one”ga aylangan Mourino Yangiliklar

“Setuballik bolakay”dan “Special one”ga aylangan Mourino

Teglar :  Joze Mourino
Sky Sports jurnalisti Gari Kotterill dunyo futbolida o'z o'rniga ega murabbiy Joze Mourino bilan ona shahri Setubalda uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv natijasi biz bilmagan voqealarga boy o'tdi. Buni quyidagi qimmatli malumotlar orqali bilib olasiz.

Suhbat asosini ikkiga bo'ldik: Mourinoning futbol haqidagi fikrlari va murabbiyning ona shahri haqidagi taassurotlari.  Unda boshladik!

20 yil ichida birinchi marta u ko'proq bo'sh vaqtga ega, ammo bundan zavqlanib yurishi qiyin - futbolni sog'inadi-da!

"Men Setubalda 20 yil ichida birinchi marotaba bo'lib turibman. Iyul oyining oxirida keldim va hamma narsani o'ylab, tahlil qilishga vaqtim bor. O'zimni jo'shqin his qilyapman. Do'stlarim menga: "hech qachon sizda bo'lmagan, tatildan zavqlaning" - deb aytyapti.  Biroq, rostini aytsam, men bundan zavq ololmayman. Futbolimni sog'indim, menda aynan shundan zavqlanish hissi bor.

Mening kelajagim keyingi qadamimdan boshlanadi va men bo'sh vaqtimdan zavqlana olmayman, bu juda kulgili. CHunki mening atrofimda sodir bo'layotgan ajoyib hodisalar, ko'p vaqt davomida men bilan sodir bo'lmagan jarayondir.

Men ortga nazar solish va uni baholashdan ko'ra, kelajakdagi chaqiruvlar haqida o'ylashni xush ko'raman. Bajarilgan narsa bajarib bo'lingan”.

Evropaning eng yaxshi 5 ligasidan takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Terma jamoalarni boshqarishni ayni damda xohlamaydi (lekin kelajakda hamma narsa bo'lishi mumkin)

Jurnalist Mourinodan uni faqat Evropaning kuchli beshlik chempionatlaridagi klublar qiziqtiradimi, deb so'raydi. Joze bir necha bor ishonch bilan buni tasdiqlaydi. Ammo, u aniqlik kiritib o'tadi: agar eng yaxshi 5 ligadan tashqari unga yangi darajaga ko'tarilishi kerak bo'lgan maxsus loyihaga ega taklif tushsa, u taklifni ko'rib chiqishi mumkin. Biroq, bu dargumon. Mourino Xitoyning "Guanchjou Evergrand" klubini boshqarishdan bosh tortgani haqidagi voqea bu so'zlarimizni tasdiqlaydi.

SHuningdek, Joze terma jamoalar bilan ishlashga hozircha tayyor emas: "Terma jamoada ishlash men uchun emas - oyiga bitta o'yin, ofisda ko'p ishlash. Ikki yil Evroni kuting, keyin ikki yil mundialni kuting... Yo'q, men tayyor emasman! Ammo bir kun kelib - ehtimol bu sodir bo'lar. Agar Portugaliya bo'lmasa, unda boshqa terma jamoa. Evropa yoki Jahon chempionatiga kelganimda, voqealar markazida bo'laman, bir kun kelib "terma jamoani boshqarishni istayman" - degan tuyg'u paydo bo'ladi. SHunga qaramay, o'ylab qolaman. Ha, bu ish men uchun emas. Qachondir agar bu Portugaliya bo'lsa, bundan juda g'ururlangan bo'lardim.

Hozir men nemis tilini o'rganmoqdaman, chunki menga bu til kerak. Men ingliz, ispan, portugal, francuz va italyan tillarida gaplashaman. Hech narsani istisno qilmayman, hatto Germaniyani ham. Garchi, hech bir klub meni chaqirmasa yoki eshigimni taqillatmasa ham.


Murabbiylik ishida asosiy sifat – jozibadorlik bo'lishi lozim deb hisoblaydi. Va omma oldida “o'zini ko'rsatish”ga davo qilmaydi. 

"Menimcha, baribir futbol murabbiyidagi eng muhim jihat jozibadorlikdir. Jozibadorlik akademik malumot, futbol tajribasi, futbol bilimlari, etakchilik strategiyalaridan ko'ra muhimroqdir. Agar siz bu bo'yicha murabbiylar orasidan namuna ko'rsating desangiz, men janob Bobbi Robsonni aytaman. Jozibador murabbiylar 50, 30, 10 yil oldin ishlagan va 2030 yilda ham ishlaydi.

Nega maydonda va undan tashqarida mening xatti-harakatlarim shunchalik farq qiladi? Ehtimol, bu mening xatoimdir. Men juda yopiq insonman. Ishlayotganimda yolg'izlikni xohlayman. Ko'p hollarda futbol murabbiyi yolg'iz odam sanaladi. U o'z fikrlari, his-tuyg'ulari, qarorlari bilan yolg'iz qoladi. Ha, murabbiyning yordamchilari, u bilan ishlaydiganlar bo'lishi mumkin, ammo asosiy nuqta - qaror, va ularni qabul qilish uchun faqat bir kishi javobgardir.

Ehtimol, bu mening aybimdir, chunki men o'zimni yopiq ko'rsatishga moyilman. Balki, muxlislar bunga 90 daqiqa guvoh bo'lishlarida aybdor bo'lsam kerak. O'yin davomida o'zingizni qanday tutsangiz, kameralar qarshisida ham o'zingizni ana shunday tutasiz. Meni ko'chada ko'rganlar: “Oh, siz yoshroq ko'rinar ekansiz. Oh, sizni biroz to'laroq deb o'ylagandim. Oh, sizni baland bo'yli deb hisoblardim, aksincha ekan" - deyishadi. Televizion kameralar insonlar dunyoqarashini o'zgartiradi.

Men kim bo'lsam o'shaman. Men futbolchilarning qanday o'ynashlarini tomosha qilaman, lekin o'zim o'ynamayman. Hammasi tabiiy. Zaxirada golni nishonlamasligim - bu tabiiy jarayon, men bo'layotgan voqeaga diqqatimni qarataman. Tabiiyki, men suv idishlarini uloqtirganimda, tepganimda, aslim qanday ekanligini ko'rasiz. Agar menda tabassum qilish uchun sabab bo'lsa, albatta tabassum qilaman. Menga jilmayish yoqadi. Buni tushuntirish qiyin”.


“CHelsi”dagi birinchi matbuot anjumani haqida

"CHelsi"ga kelganimda, mendan Premer-ligaga qanchalik tayyor ekanligim haqida so'rashdi. Men esa shunday javob berdim: “Nima?! Men yaqinda CHempionlar Ligasida g'olib bo'ldim, siz esa meni hech kim deb o'ylayapsizmi?"

******

Setubal - go'zal port shahar, Mourino murabbiylik faoliyatini mahalliy "Vitoriya" yoshlar jamoasida ishlashdan boshlagan. Jozening aytishicha, u o'zining kichik vatani bilan faxrlanadi va uni butun umr tanigan odamlarning muhabbatini his qilib turadi (aytmoqchi, ular uni shunchaki Ze deb atashadi). U shuningdek, yosh avlodning hurmatidan g'ururlanadi - u kelajagini futbol bilan bog'lagan bolalar uchun kumir.  Setubalda hamma Mourinoni taniydi va u bilan suratga tushishni xohlashadi.

Mourino otasi Felish (2017 yilda vafot etgan) to'p tepgan "Vitoriya" stadionini namoyish qildi.  "Vitoriya"ni hech qachon boshqara olmaymanmi? Bu men uchun juda katta masuliyatdir",  - deb hazil-mutoyiba qildi, lekin aslida samimiy aytdi: uning uchun "Vitoriya"ni shug'ullantirish ruhiy taraflama Portugaliya terma jamoasiga qaraganda qiyinroq bo'ladi.

Stadiondan unchalik uzoq bo'lmagan masofada, oldinlari Joze oilasi bilan birga yashagan ko'p qavatli uy bor. Va onasi hali ham o'sha xonadonda yashaydi.

Murabbiy o'qigan maktab esa mana shunday ko'rinishda.

Jozening aytishicha, bolaligida do'stlari bilan birga maktabdan qochib ketish uchun bu temirlarni qayirishgacha borishgan.  Ular qaerga qochishgan? Albatta,  "Vitoriya" stadioniga, professional jamoa mashg'ulotlarini kuzatish uchun borishgan.

Bu erda esa o'smir Mourino do'stlari bilan futbol o'ynardi. Jozening shikoyat qilishicha, hozir bu joyda avtoturargoh joylashgan - ilgari u bo'lmagan.

Setubalda hattoki, Mourino xiyoboni ham bor. Portugal uyatchanlik bilan  o'zini biroz noqulay his qilishini va  hali ham ko'chani eski nomi bilan atashini bildirdi.

Jozening so'zlariga ko'ra, u har doim muvaffaqiyatga erishishni orzu qilgan, ammo hech qachon unga ergashmagan - yoshligida shunchaki hayotdan zavqlangan va o'z oldiga aniq maqsadlarni qo'ymagan.

"Hammasi tabiiy ravishda sodir bo'ldi", - deydi Mourino. "Men bu muhim narsalar ekanligini Setubaldan Lissabonga ketganimda angladim. Undan oldin men maktab murabbiyi bo'lib ishlaganman, tinch hayot kechirganman. Men Daun sindromi bo'lgan bolalar bilan ishladim, "Vitoriya" yoshlar jamoalariga murabbiylik qildim - o'sha paytda ular havaskor darajada o'ynashardi, hali professional akademiyalar yo'q edi.

Men Londonda yashayman va ertami-kechmi yangi klubni boshqaraman. Ammo, men doim Setuballik bolakay bo'lib qolaman”.


SHerzod Nurmatov tayyorladi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика