Seten “Barsa”dan 4 million evro talab qilmoqda
23 jan 2021 08:27
Yangiliklar


Seten “Barsa”dan 4 million evro talab qilmoqda
“Barselona” klubi jamoaning sobiq bosh murabbiyi Kike Seten bilan uning istefosi uchun to'lanishi kerak bo'lgan kompensaciya borasida kelisha olmayapti.
62 yoshli mutaxassis klubdan 4 million evro talab qilmoqda.
Cadena Ser nashri xabariga ko'ra, so'nggi yillarda kataloniyaliklar bu kabi holatlar uchun ko'p xarajat qilishlariga to'g'ri kelmoqda. Setendan oldin jamoani boshqargan Ernesto Valverdening istefosi ham ispanlarga 11 millioen evroga tushgandi.
Ayni paytda jamoani boshqarayotgan Ronald Kuman uchun ham “Barselona” Niderlandiya futbol federaciyasiga 5 million evro to'lab bergandi.
Eslatib o'tamiz, kataloniyaliklar Setenga kompensaciya to'lab berish niyatida emas. Ularning fikricha, murabbiyi jamoa rahbariyati ishonchini oqlay olmagan va bergan vadasini bajara olmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar