Serxio Ramos: "Ronaldu va Messi uchun alohida "Oltin to'p" berish mumkin"
10 dek 2019 19:20
Yangiliklar


Serxio Ramos: "Ronaldu va Messi uchun alohida "Oltin to'p" berish mumkin"
"Real" himoyachisi Serxio Ramos Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi uchun alohida "Oltin to'p" taqdim etishni taklif qildi.
"Ronaldu va Messi uchun ularning natijalariga qarab alohida "Oltin to'p" berish mumkin. Yana bitta "Oltin to'p"ga esa qolganlar kurashishi kerak. Bu futbol ravnaqi uchun yaxshi bo'lardi", – deya hazillashdi Ramos.
Messi yaqinda "Oltin to'p"lar soni bo'yicha Ronaldudan o'zib ketdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar