Serxio Ramos: "Real" bundanda qiyin vaziyatlarda bo'lgan"
23 mar 2015 15:19
Yangiliklar


Serxio Ramos: "Real" bundanda qiyin vaziyatlarda bo'lgan"
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyat (1:2) haqida o'z fikrini bildirdi.
"Oldimizda qanday o'yin borligini va bizdan nima talab qilinishini bilardik. Murabbiyimizning ajoyib rejasi bor edi, ammo biroz omad etishmadi. Raqibmiz ikkinchi taymda juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. O'z imkoniyatlarimizdan foydalana olmadik. "Barselona" bilan farq 4 ochkoga etdi va buni to'g'irlash uchun "Real"da etarli vaqt bor. Biz oxirigacha kurashamiz. Jamoamiz bundanda og'ir vaziyatda bo'ldi. Ishlashda davom etamiz" - deydi Ramos.

Fikrlar