Serxio Ramos: “Kelgusida murabbiy bo'lish niyatim bor”
14 apr 2017 01:58
Yangiliklar
Serxio Ramos: “Kelgusida murabbiy bo'lish niyatim bor”
“Real” himoyachisi Serxio Ramos faoliyatini yakunlagach, murabbiylikda o'zini sinab ko'rish niyatida ekanligini yashirmayapti.
“Kelajakda men murabbiy bo'lishni istardim. Bu mening hayot tarzimga mos keladi.
O'z oldimga murabbiy sifatida ham futbolchilik faoliyatimdagidek maqsadlarni qo'ymoqchiman. Bu hayotimning yangi bosqichi bo'ladi”, dedi Ramos Bein Sport telekanali efiriga.
31 yoshli Ramosning jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 2020 yilga amalda bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
22:13
La Liga. "Real" o'z uyida "Las-Palmas"ni mag'lub etib, jadvalda birinchi o'ringa chiqib oldi 111
Fikrlar