Serxio Marinangeli: "Mashal" jamoasi to'g'ri yo'ldan ketmoqda"
08 fev 2021 16:42
Yangiliklar


Serxio Marinangeli: "Mashal" jamoasi to'g'ri yo'ldan ketmoqda"
Muborakliklar yig'in doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvini "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazdi. Mazkur uchrashuvdan so'ng jamoa bosh murabbiyi Serxio Marinangeli fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Kundan-kunga o'yinimiz shakllanib bormoqda. Jamoa birgalikda rivojlanmoqda. Biz to'g'ri yo'ldamiz. Hali ko'p narsalar ustida ishlashimiz kerak. Tarkibda yangi futbolchilar bor, ularning o'zaro tushunib olishlari uchun vaqt zarur. Oldimizda bir oy vaqt qolgan. Mana shu davr ichida xatolarimizni to'g'irlab mavsum startiga shay holatda etib kelamiz.
Futbolchilar asta-sekin talablarimni va falsafamni tushunib borishyapti. Lekin, kamchiliklarimiz ko'p. Buni yashirmayman.
Ayni paytda to'liq tarkib yig'ilgan, deya olmayman. Yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Hozir qo'l ostimda yig'ilgan futbolchilar bilan ham ajoyib mavsum o'tkaza olishimizga ishonaman",- deydi Marinangeli.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar