So’nggi yangiliklar

01:50Жавоҳир Сиддиқов: "Насаф" доимий соврин ютмоқда, бу ҳам ёқимли ҳолат"  0 01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  13 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3

Serxio Batista: "Bahrayn O'zbekistonga 3 ochko uchun keldi" Yangiliklar

Serxio Batista: "Bahrayn O'zbekistonga 3 ochko uchun keldi"

O'zbekiston va Bahrayn o'rtasidagi o'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Serxio Batista ishtirok etdi.

"Yamanga qarshi o'yindan so'ng futbolchilarimiz tiklanib olishdi va ertangi o'yinga tayyormiz. Bizni muhim o'yin kutib turibdi, O'zbekiston kuchli jamoa. Raqib ham uch ochko uchun o'ynashini tushunib turibmiz. Bahrayn ham O'zbekistonga 3 ochko uchun kelgan. Yaman bilan o'yin ortda qoldi. G'alaba uchun maydonga tushamiz, bu jamoamizning falsafasi", - deydi Serxio Batista.

"Biz uchun odatiy navbatdagi bahs bo'ladi. G'alaba uchun maydonga tushishamiz va bunga harakat qilamiz", - deydi futbol Komil Hasan Al Asvad.

- Ertaga g'alaba qozonish uchun faqat taktik emas jismonan ham tayyor bo'lishingiz lozim. Bunga tayyormisizlar?

- Biz bilamiz O'zbekiston terma jamoasi har tomonlama kuchli jamoa, ularga qarshi nafaqat jismoniy balki ruhiy va taktik tayyorgarlik ko'rdik. Ertangi o'yinga to'liq tayyormiz.

- Bahrayn - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tganiga 4-5 oy bo'ldi. O'sha o'yindan so'ng jamoada nimalar o'zgardi?

- Biz o'sha o'yindan ancha vaqt o'tganiga va o'zgarishlar bo'lganiga qaramay falsafamiz o'zgarmaydi. Maqsadimiz doimo g'alaba uchun maydonga tushish.


- Maydon holati haqida nima deya olasiz. Ertaga yomg'ir yog'ishi kutilmoqda. Bu jamoaga qanday tasir qiladi?

- Ertaga yomg'ir yog'maganda yaxshi bo'lardi. Biroq bundan cho'chimaymiz. Futbolchilar har qanday sharoitda maydonga tushishi kerak. Barchasiga tayyormiz. Ob-havo ochiq bo'lsa ikkala jamoa yutardi. Muxlislarga ham bu qulay bo'lardi.

- Menimcha Bahrayn terma jamoasi ertaga qarshi hujumda o'ynasa kerak. Yoki siz ochiq va hujumkor o'yin ko'rsatasizmi?

- Asosiy falsafamiz o'z maydonimizda o'ynaymizmi yoki safardami hujumkor o'yin namoyish etish va g'alaba qozonishdan iborat. SHu bilan birga O'zbekiston terma jamoasining salohiyati va kuchini inobatga olgan holda qanday qilib bo'lmasin 3 ochkoni qo'lga kiritishga urinamiz.

- 1986 yilgi Jahon chempionini ko'rib turganimdan xursandman. Janob Batista o'sha mundialda chempion bo'lgandiz. Sizni O'zbekistonda ko'rib turganimdan xursandman. Bahrayn terma jamoasi bilan bir necha bor Jahon chempionati pley-offida to'qnash kelganmiz. Ammo so'nggi paytlarda jamoa yuqori natijalar qayd eta olmayapti. Bu safar ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini yo'qotib bo'ldi. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

- O'zbekistonda ekanimdan xursandman. Sizga katta rahmat. Savolga kelsak Bahraynga 10 oy ilgari keldim. Bahrayn futbol Federaciyasi rahbari bilan birga mamlakatda futbolni rivojlantirish bo'yicha ishlarni amalga oshirishga harakat qilayapmiz. Oxirgi 10 yilda nafaqat Bahraynda balki butun jahonda futbol o'zgardi. Zamon yanada kuchli o'yin ko'rsatish kerakligini talab qilmoqda. Bahraynda futbolni yanada rivojlantirish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

- Bahraynda Alo Xubayl, Talal Yusuf kabi futbolchilar o'ynardi. Hozir esa kuchli futbolchilar yo'q. Bunga nima sabab bo'lmoqda?

Komil Hasan Al Asvad: - Bu futbolchilar Bahrayn futboli yulduzlari edilar. Ularga havas qilib katta bo'lganmiz. Ayni paytda jamoada yosh futbolchilar juda ko'p. Agar Batista ishlashda davom etsa Alo Xubayl kabi futbolchilar yana etishib chiqadi.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика