Serxio Batista: "0:4 hisobidan hafsalamiz pir bo'ldi"
09 okt 2015 12:37
Yangiliklar
Serxio Batista: "0:4 hisobidan hafsalamiz pir bo'ldi"
JCH-2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasidagi Bahrayn – O'zbekiston uchrashuvidan keyin gi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Bahrayn terma jamoasi bosh murabbiyi Serxio Batista ishtirok etdi.
“Bugungi uchrashuvning birinchi bo'limida terma jamoamiz o'zining rejasi asosida harakat qildi – deya so'z boshladi Serxio Batista. – Lekin ikkinchi bo'limda ko'p narsa o'zgarib ketdi. Natijada biz yirik hisobda mag'lub bo'ldik. Albatta, bu natijadan hafsalamiz pir bo'ldi. Ammo bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. Biz oldinga intilishda davom etamiz. Bu saralash bosqichi Osiyo va Jahon chempionatlari uchun umumiy. To'g'ri, bizda Jahon chempionati uchun kurashda imkoniyat keskin pasayib ketdi. Biroq hali Osiyo chempionati final bosqichida qatnashish uchun imkoniyatimiz saqlanib qolingan. Biz undan foydalanish uchun bor imkoniyatlarmizni ishga solamiz”, - dedi Baxrayn terma jamoasi bosh murabbiyi.
O’xshash yangiliklar
15:55
Ayollar o'rtasidagi Osiyo Kubogi. O'zbekiston Bangladeshga 4 ta gol urdi va pley-offga yo'l oldi 3
championat.asia
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
"Супер олтин тўп" 2029 йилда топширилиши мумкин
Fikrlar