Server Jeparov jarohat oldi
04 iyu 2015 16:43
Yangiliklar


Server Jeparov jarohat oldi
Hamyurtimiz Server Jeparov kecha Janubiy Koreya chempionatidagi o'yinda jarohati sababli 49-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo'ldi.
"Jarohat sababli maydonni tark etishga majbur bo'ldim. Hozircha hech narsa deya olmayman. Barchasi tibbiy ko'rikdan so'ng malum bo'ladi. Umid qilamanki, 7 iyun kuni "Jeju"ga qarshi o'yinda maydonga tusha olaman. Ertasiga esa terma jamoa ixtiyoriga jo'nab ketaman", - deydi terma jamoamiz futbolchisi.

Fikrlar