Server Jeparov: “SHu sovrin biz uchun juda ham kerak edi”
23 noy 2014 17:04
Yangiliklar

Server Jeparov: “SHu sovrin biz uchun juda ham kerak edi”
Bugun terma jamoamiz sardori Server Jeparov to'p tepayotgan “Seongnam” klubi Janubiy Koreya Kubogining hal qiluvchi final uchrashuvida “Seul” jamoasini o'yindan keyingi penaltilar seriyasida mag'lub (4:2) etib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.
Final o'yinidan so'ng Jeparov o'z taassurotlarini bizga bergan intervyusida shunday ifodaladi.
“SHu kubok biz uchun juda ham kerak edi. Mavsumni omadsiz o'tkazayotganimiz sabab, jamoamiz muxlislari oldidagi majburiyatimizni faqat shu yo'l bilan bajarishimiz mumkin edi. Buni barchamiz to'g'ri tushunib turgandik va yakunda haqli ravishda kubokka ega chiqdik. CHempionatda oldimizga qo'yilgan vazifa esa oliy ligadagi o'rnimizni saqlab qolish. Kelasi mavsum jamoada qolamanmi, yo'qmi, bu hali aniq emas”, - dedi Jeparov.

Fikrlar