So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Server Jeparov: "Yigitlar uchun xursand bo'ldim" Yangiliklar

Server Jeparov: "Yigitlar uchun xursand bo'ldim"

Kecha O'zbekiston terma jamoasining mashg'ulotlaridan so'ng, Koreya uchun ancha yaxshi tanish bo'lgan Server Jeparov hamkasblarimizga intervyu berdi.
- Saudiya Arabistoni bilan bo'lgan o'yin haqida nima deya olasiz?
- Garchi maydonga tushmagan bo'lsam-da, yigitlar uchun xursandman. Saudiya Arabistoni terma jamoasini mag'lub etib keyingi bosqichga chiqdik va muxlislarga katta quvonch ulashdik desam bo'ladi. Endi bo'lsa bor etiborni Janubiy Koreyaga qarshi kechadigan bahsga qaratamiz.

- O'zbekiston uchun Janubiy Koreya bilan o'yin qanday ahamiyatga ega?
- Bu uchrashuv biz uchun muhim ahamiyatga ega deb bemalol ayta olaman. Jahon chempionati saralash o'yinlarida ular bilan bir xil ochko to'pladik, biroq to'plar nisbatiga ko'ra mundialga bora olmadik. Endi bo'lsa o'sha mag'lubiyat alamini olmoqchimiz.

- O'zbekiston koreyaliklarga qarshi oxirgi o'nta o'yinning ikkitasida durang o'ynab, sakkiz bor mag'lubiyatga uchragan.
- Ha, bundan xabarim bor. Albatta, bizda bosim yuqori. Qolaversa, Janubiy Koreya Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi. Ular muntazam jahon chempionatlarida qatnashib kelishadi. Lekin bu - futbol va ertaga kim yutishini aytish qiyin.

- Osiyo chempionatida J.Koreya ishtirokidagi birorta uchrashuvni ko'rdingizmi?
- Ha. Ularning Avstraliyaga qarshi o'yinini tomosha qildim. Menimcha, bu o'yin musobaqadagi hozircha eng qiziqarlisi bo'ldi.

- JCH-2014 saralashidagi Koreya bilan hozirgisi o'rtasida qanday farq bor?
- Hozirgi jamoaning o'yin uslubi biroz o'zgargan. Oldin koreyaliklar uzun paslar orqali o'ynashardi. Hozir esa tez-tez pas berib harakat qilishmoqda.

- Raqib safida kimning o'yinini kuzatyapsiz?
- Alohida bir futbolchini ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Janubiy Koreya safida Evropada to'p tepayotgan legionerlarning hammasi kuchli. Ammo eng kuchlisi kim degan savolga javob topish qiyin, qolaversa, men bu savolga javob bera olmayman.

- O'tgan mavsum K-ligadagi faoliyatingizni qanday baholaysiz?
- Jamoamizda ko'p marta murabbiy almashdi. Bu esa o'yinimizga tasir qilmay qolmadi. Ammo Kubokni qo'lga kiritganimiz yaxshi bo'ldi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика