

"Hayotingizdagi eng muhim palla keldi. Sizlar qahramon bo'lishingiz mumkin. O'z uyingizda o'ynayotganingizni unutmang, sizlarni xalqingiz va yaqinlaringiz kuzatib borishadi. Ularga quvonch keltiring, barcha siz bilan faxrlansin. Sizning maqsadingiz - Jahon chempionati! Bunga ishoning va albatta erishasiz. Omad!", - deydi Server Jeparov.
Eslatib o'tamiz, 10-21 fevral kunlari Toshkentda futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi. Unda eng yuqori 5 o'rinni olgan jamoalar Kolumbiyadagi Jahon chempionatiga yo'llanma olishadi.
VIDEO
TAS-IX
TAS-IX emas



