So’nggi yangiliklar

20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  0 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  0 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  3 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  8 18:28Суперлига. "Хоразм" - "Қизилқум" 0:1 (матнли трансляция)  7 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  4 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  5 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0 16:53"Арсенал" АПЛда бурчак зарбаси орқали 31 та гол урди  1 16:31Украиналик юлдуз ПСЖда россиялик дарвозабон билан мулоқот қилмаяпти  39 16:00Соядаги қаҳрамон Салиба, омади чопмаган "қизил иблислар" — "Арсенал" қийин ўйинда "Манчестер Юнайтед"ни мағлуб этди   5 15:37"Бунёдкор" сўнгги дақиқаларда дурангни ғалабага айлантирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 15:20Матия Кривокапич: "Ғалабадан ҳамма хурсанд, лекин эртага янги кун бошланади"  0

Server Jeparov: "O'yin faqatgina bir jamoa yarim maydonida bo'ldi" Yangiliklar

Server Jeparov: "O'yin faqatgina bir jamoa yarim maydonida bo'ldi"

Coca Cola Superliganing 18-turi doirasida "Lokomotiv" - "Dinamo" uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Server Jeparov o'z fikrini bildirdi.




- Bahsning birinchi bo'limi ham, ikkinchisi ham bir yarim maydonda bo'lib o'tdi. To'p bilan ko'proq bo'ldik, vaziyatlar yaratishga harakat qildik. Afsuski, faqatgina bitta gol urdik. O'yinga tanlangan reja menimcha, deyarli, o'zini oqladi. CHunki qarshi hujumlarni o'tkazib yubormadik. Bir necha chiroyli kombinaciyalardan keyin "Dinamo" futbolchilaridan o'tib ketishimiz mumkin edi. Yana bir marta standartdan keyin etiborni yo'qotib qo'ydik. Yigitlarga rahmat aytaman, ular g'alaba qozonish uchun qattiq harakat qilishdi, gol urishni istashdi.

- Yosh jamoa sardorining o'yinini qanday baholaysiz?

- Doimgidek. U barqaror futbolchi. Bugun juda katta ishni bajara oldi. Hech kim undan sardorlik bog'ichini olib qo'yishga harakat qilmadi. Uning o'zi ham buni hotirjamlik bilan qabul qildi. Barcha uni qo'llab-quvvatladi. O'yin davomida ko'p paslar berdi. O'ylashimcha, u maydon markazidagi ishini qoyilmaqom tarzda bajardi. 

- Kaxi Maxaradzening yo'qligi jamoaga qanday tasir qildi?

- Bizda uni almashtirish uchun futbolchilar bor. Bugun, masalan, uning o'rnida Sanjar Qodirqulov o'ynadi. Kaxining joyida o'ynay oladigan futbolchini topib olamiz. Bizda bu borada muammolar bo'lmasa kerak. 

- Bu boradagi xabarni eshitgandan keyin qanday reakciya qildingiz?

- Albatta, bu juda yomon holat. Ayniqsa, gap butun bir kollektivga tegishtirilsa. Ishonish qiyin bo'ldi. Hozircha u bilan ko'rishganim yo'q. O'sha maqola dam olish kuni chiqdi. SHu sababli u bilan gaplashganim yo'q.

- Uning jamoadagi kelajagi haqida nima deya olasiz?

- Keling, surishtiruv ishlari tugashini kutamiz, shundan keyin nimadir deya olaman.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика