Server Jeparov klubi bosh murabbiysiz qoldi
20 mar 2017 14:05
Yangiliklar
Server Jeparov klubi bosh murabbiysiz qoldi
Eroning "Sepaxon" klubi bosh murabbiyi Abdulloh Veysi o'z lavozimidan bo'shatildi.
O'tgan hafta rahbariyat murabbiyni ishdan bo'shatishga qaror qildi. Mahalliy matbuot xabariga ko'ra, endi jamoaga xorvatiyalik Zlatko Kranchar bosh murabbiy bo'ladi.
"Sepaxon" safida o'zbekistonlik Server Jeparov to'p tepmoqda. Klub ayni paytda 32 ochko bilan Eron pro ligasining 7-pog'onasida bormoqda. Abdulloh Veysi o'tgan mavsum Xuzistoning "Istiqlol" klubini Eron chempioni qilgandi.
Fikrlar