So’nggi yangiliklar

22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  0 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  6 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  47 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0

BAA sobiq ustozi: "Kosmin Olariuning afzalligi shundaki, u futbolchilarni yaxshi biladi, shuning uchun uning qarashi ularni ekranlar orqali yoki masofadan kuzatadigan boshqa har qanday murabbiynikidan farq qiladi" Yangiliklar

BAA sobiq ustozi: "Kosmin Olariuning afzalligi shundaki, u futbolchilarni yaxshi biladi, shuning uchun uning qarashi ularni ekranlar orqali yoki masofadan kuzatadigan boshqa har qanday murabbiynikidan farq qiladi"

BAA sobiq murabbiyi doktor Abdulloh Misfer milliy terma jamoa bosh murabbiyi, ruminiyalik Kosmin Olariuning 2026 yilgi JCH saralashi 3-bosqichi "A" guruhi 9-tur o'yinining murakkabligiga qaramay, o'zbekistonlik hamkasbi ustidan g'alaba qozonish uchun zarur vosita va imkoniyatlarga ega ekanligini takidladi.

Shuningdek, u jamoaning birinchi o'yinda (0:1) mag'lubiyatiga sabab bo'lgan mudofaadagi kamchiliklarni bartaraf etish muhimligini alohida qayd etdi.

Misfer "Emirates Today" nashriga shunday dedi: 

"Jamoaning Jahon chempionatiga yo'llanma olish imkoniyati va milliy terma jamoa o'yinchilarining imkoniyatlari qo'ldan boy berilmasligi kerak, chunki jamoaning O'zbekiston va Qirg'izistonni engishdan boshqa chorasi yo'q. Shuningdek, Qatar terma jamoasi saralashning so'nggi bosqichida O'zbekistonni mag'lub etishini kutish kerak, bu esa (oq liboslilar — tahr.) mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritishini taminlaydi.

Kosmin tomonidan tanlangan futbolchilar hozirda eng yaxshi tayyorgarlikka ega. BAA himoya va hujum o'rtasidagi muvozanatni saqlagan holda o'ynashi lozim.

O'zbekistonga qarshi to'p tepish murakkab, ammo jamoa o'zini ko'rsatishi mumkin, chunki unda yangi ro'yxatga kiritilgan o'ziga xos xususiyatlarga ega o'yinchilar bor. Ularning barchasi kuchli bo'lib, bu o'yinchilar o'rtasida raqobat muhitini yaratadi. 

Kosminning afzalligi shundaki, u futbolchilarni yaxshi biladi, shuning uchun uning qarashi ularni ekranlar orqali yoki masofadan kuzatadigan boshqa har qanday murabbiynikidan farq qiladi".

Eslatib o'tamiz, BAA — O'zbekiston bellashuvi 5 iyun kuni 21:00 da boshlanadi.

Reyting: -1   

Fikrlar

+4   
04 iyu 13:06:29
Касимов
Ткзрок эрта келиб йигитларимиз БААни ютиб шуларни овозини учиришсин лулиларга ухшашади булар жуда куп гапириб юборишди булар нима килишса хам иншиоллох биз ютамиз
+1   
04 iyu 13:39:06
REAL MADRID
Ит ҳам танимайдиганлар гапиришни бошлабдику уже. Улар биздан ростан қўрқишяпти, бу аниқ!
+1   
04 iyu 13:32:07
Erkin
Энг муҳими йигитларимиз ўйин мобайнида арабларнинг провокацияларига учмаслиги керак!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика