So’nggi yangiliklar

09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  3 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1

Server Jeparov: “Guruhimizda barcha terma jamoalar kuchli” Yangiliklar

Server Jeparov: “Guruhimizda barcha terma jamoalar kuchli”

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2018 saralash uchinchi guruh bosqichi doirasida Qatar terma jamoasini kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu bahsdan so'ng O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Server Jeparov savollarimizga javob berdi.

-  Qatar terma jamoasiga qarshi uchrashuvdagi g'alaba nimani evaziga qo'lga kiritildi?

-  Qatar terma jamoasiga qarshi barcha futbolchilar bor kuchi bilan o'yin olib bordi. SHuning evaziga yaxshi natijani qo'lga kiritdik. Raqiblarimiz ham g'alaba qozonish uchun harakat qilishdi. Ammo ularga omad etishmadi, biz ajoyib o'yin ko'rsatdik.

-  So'nggi paytlarda standart vaziyatlardan to'pni jamoadoshlaringizga aniq etkazib bera olmayapsiz. Bu nima bilan bog'liq?

-  Avvalgi o'yinlarni ko'rgan bo'lsangiz to'pni jamoadoshlarimga aniq etkazib berdim. Agarda siz o'yinlarimni ko'rgan bo'lsangiz, ulardan video rolik tayyorlasangiz bo'ladi. Men har doim o'rinli tanqidga yaxshi munosabatda bo'lganman. Hozir meni noto'g'ri tanqid qilayapsiz. Menga qanday savol bersangiz shunday javob beraman.


-  Hujumda kam vaziyatlar yaratayapsizlar, yoki raqib jamoa yaxshi o'yin ko'rsatmoqda yoki bo'lmasam hujumchilarimiz o'z darajasida o'ynay olmayapti. Bunga qanday fikr bildirasiz?

-  Hamma jamoalar himoyalanishni o'rganib olgan. Qatarga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol qilish uchun ko'plab imkoniyatlarimiz bo'ldi. Mana shu vaziyatlardan faqat bittasidan unumli foydalandik xolos. Qatar terma jamoasi ham ajoyib o'yin ko'rsatdi.

-  Suriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda mag'lub bo'lishinglarga maydon halaqit qildimi?

-  Albatta, maydonning holati juda ham ayanchli xolatda edi. Ob-havo ham yomon bo'ldi. Bu narsani bahona qilib ko'rsatmoqchi emasman. Ular ham aynan xuddi shunday sharoitda harakat qilishdi. Suriya terma jamoasiga qarshi uchrashuvda omad bizdan yuz o'girdi.

-  Keyingi turda guruhdagi kuchli bo'lgan raqib, Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib borasizlar. Safardan g'alaba qozonib qaytishinglarga ishonyapsizmi?

-  Hamma uchrashuvlar qiyin kechmoqda. Guruhimizdagi barcha o'yinlar deyarli 1:0 hisobida yakunlanmoqda. Bir marotaba Xitoy terma jamoasiga qarshi uchrashuvda 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Eron yaxshi terma jamoa, ushbu terma jamoaga qarshi uchrashuv biz uchun qiyin kechishi turgan gap. Avvalgi JCH saralash bosqichida ularni o'z uyida mag'lubiyatga uchratganmiz. Barchasi o'z qo'limizda. Nasib qilsa Erondan g'alaba bilan qaytamiz.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi


Reyting: -56   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика