So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  7 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  11

Sergey Tumasyan: ”Metallurg” bemalol bronza medallari uchun kurasha oladi" Yangiliklar

Sergey Tumasyan: ”Metallurg” bemalol bronza medallari uchun kurasha oladi"

O'tgan mavsumda turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallagan Bekobodning “Metallurg” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bir necha kun oldin jamoani sakkiz nafar futbolchi tark etgani haqida xabar bergan edik. Aftidan o'tgan mavsum harakat qilgan rossiyalik Sergey Tumasyan ham bekobodliklar bilan xayrlashgan ko'rinadi. Buni klub matbuot hizmati ham tasdiqladi. Barchasiga oydinlik kiritish maqsadida futbolchi bilan bog'landik.

- “Metallurg” yangi mavsumga hozirlik ko'rmoqda. Tarkibda ham o'zgarishlar etarlicha. Biroq, dastlabki yig'inda siz ko'rinish bermadingiz...
- Ha. Hozirda jamoa bilan birga emasman. Bu haqiqat. Mavsum nihoyasiga etgach yurtimga jo'nab ketdim. Rostovda istiqomat qilmoqdaman. Oilam davrasida hordiq chiqaryapman. Futbolchi vaqtida dam olishni bilishi lozim. Jamoani iliq xotiralar bilan tark etdim.

- O'tgan yilgi faoliyatingizda ilk bor O'zbekiston chempionatida to'p tepdingiz. Taassurotlar qanday bo'ldi?
- Mavsumni yaxshi yakunlab oldik. Kuchli beshlikdan joy oldik. Lekin, doim bundan ko'prog'iga intilishimiz kerak. Agarda jamoa o'tgan mavsumda to'p tepgan futbolchilarini, umumiy qilib aytganda o'zagini saqlab qolsa bemalol bronza medallari uchun kurasha oladi. Ichki chempionat bahslari menga manzur keldi. Bu erda ishqibozlar futbolni sevishadi. Men “Metallurg” jamoasi muxlislariga va xodimlariga alohida minnatdorchilik bildiraman.

- Klubdagi sharoitlar sizni qoniqtirdimi?
- Mashg'ulot o'tkazish va o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun yaxshi sharoitlar yaratib berildi.


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика