So’nggi yangiliklar

09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  0 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  0 07:35Лионель Месси жароҳат олди  1 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  1 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  3 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  112 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  18 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34

Sergey Lushchan: "Akrom Komilov juda mehnatkash bola, ammo qiziqqon. Bunchalik mehnatkash yigitlar kam" Yangiliklar

Sergey Lushchan: "Akrom Komilov juda mehnatkash bola, ammo qiziqqon. Bunchalik mehnatkash yigitlar kam"

OCHL 2-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Al Ayn" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Sergey Lushchan o'z fikrlarini bildirdi.

"Bugun kelgan muxlislarga rahmat aytaman. Yutqazayotganimizda ham bizni qo'llab turishganidan xursandmiz. Ular yutishdi, demak ayni paytda ular kuchliroq ekan. Biz 2:3 hisobida yutqazdik", - deydi Sergey Lushchan.

- Akrom Komilovda bunday vaziyat birinchi marta emas. O'yindan oldin futbolchilarga uchrashuv ahamiyatini tushuntirmaysizlarmi? Qachon ular katta bo'lishadi?

- To'g'ri birinchi marta emas. U o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida ham qizil olgan. Bu uning eng nozik nuqtasi. Uning jahli chiqsa aqli ketadi. Juda tirishqoq yigit, mehnatkash futbolchi. U o'z ustida ishlashda tinmaydi. Akromga jazo berishimiz mumkin, ammo bundan foyda bo'ladi deb o'ylamayman. Hozir kiyim almashtirish xonasiga bordik, u erda Komilov yo'q. Uni qidirishga odam yubordim. Uning uchun xavotirdaman. Komilov juda yaxshi o'yinchi, shunchaki biroz qiziqqonroq.

- Tezkor gollar rejaga qanchalik tasir qildi?

- Bugun tez o'tkazgan goldan so'ng yigitlar qo'llarini tushurishmadi. Hujum qildik va gol urdik, afsuski raqib yana gol urdi.

- "Bunyodkor" OCHLda guruh bosqichida 14ta o'yindan buyon yuta olmayapti. Jamoada g'oliblik ruhiyati bormi?

- Albatta. Bugun yigitlar so'nggi daqiqalarda 10 kishi bo'lib hujumga o'tishdi. Demak jamoada g'oliblik ruhiyati bor. Menga katta pul beringlar va Messi bilan OCHLda g'olib chiqishim mumkin.

- Sardor Rashidovning intervyusini o'qidingizmi. U sizni professional emas deb atadi?

- Yo'q, men "sariq matbuot"ni o'qimayman. Sardor shunday degan bo'lsa mayli. Barchasi uning vijdoniga havola.

- Jamoa o'z tarbiyalanuvchilaridan etakchini tayyorlasa bo'lmaydimi?

- Bizda shunday yigitlar bor. Masalan, Nurillo To'xtasinov kelajakda shunday bo'lishi mumkin. Ammo bizda hozir pleymeyker yo'q buni tan olaman.

- Jamoa ikki o'yinda 5ta gol o'tkazdi. Bu ko'p emasmi?

- Ko'p, albatta. O'zbekiston chempionati uchun ko'p, ammo OCHL uchun normal holat deb bilaman. Bugun qaysidir jamoa 6ta gol o'tkazibdi. U erda ham fojia bo'lsa kerak.


Narzulla Saydullaev

Reyting: -28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика