So’nggi yangiliklar

18:18U-23 Осиё Кубоги. Эрон U-23 - Ўзбекистон U-23. Таркиблар маълум  3 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  3 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  2 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  0 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  1 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  3 16:12Ханси Флик: "Қасос олиш ҳақидаги гаплар менга ёқмаяпти"  2 15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  3 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  46

Sergey Lushandan jiddiy gaplar. Buni barcha o'qishi kerak Yangiliklar

Sergey Lushandan jiddiy gaplar. Buni barcha o'qishi kerak

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Sergey Lushan Superliganing 22-turi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi uchrashuvdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Turnir jadvalidagi o'rindan kelib chiqadigan bo'lsak, biz uchun ham, raqiblar uchun ham o'yinning muhimligi yo'q edi. CHempionatda shunday o'yinlar bo'lmoqdaki, nima uchun o'ynayotganingni ham bilmaysan. Qolganlarni bilmadimu, men uchun shunday tuyulmoqda. 

Jamoam so'nggi vaqtlarda qiyin uchrashuvlarni juda ko'p bora o'tkazdi. "Qo'qon-1912"ga qarshi uchrashuvdan keyin shogirdlarim tiklanib olishi uchun 20 soatgina vaqtga ega bo'ldi. Bizga Bundesliga futbolchilari kerak. Ular odam emas, robot. 

Yana taqvim borasida so'rov. Ha, biz bu borada ko'p o'qiyapmiz, eshityapmiz. Xatolar bor, buni to'g'rilaymiz. Biroq bu uchrashuv hech kimga kerak bo'lmadi. Ikkita kerak bo'lmagan gollarni urdik. Bu raqiblarning xatosi tufayli bo'ldi. 

Moliyaviy qiyinchiliklar, umuman olganda jamoada qanday muammolar bo'lishidan qati nazar "Bunyodkor" - o'zbek futbolining bayroqdor jamoasi. Ketma ket uch yildan "Bunyodkor" faqatgina akademiyadagi futbolchilariga tayanib o'yin ko'rsatmoqda. Klubni hech kim qo'llab-quvvatlamayapti. Bu sharmandalik, barcha uchun sharmandalik. Bu mening fikrlarim. SHunchaki, jamoaning ushbu holatiga qarash juda qiyin. Svetning o'chirilgani, suv berilmagani... 

Bunga javob beradigan, javobgarlikni o'z bo'yniga oladigan kimdir bormi? Odamlarni uyg'otmoqchiman. Bu stadion, akademiyani qurish uchun oz mablag' ketganmi? Millionlar sarflangan. Barchamiz birgalikda qo'llab-quvvatlaylik. Buni talab qilaman. SHunchaki achinarli.

Sanjar Rashidov: "Og'ir o'yin bo'lishini kutgandik. Ochko olishga harakat qildik. Ikkita gol urgandan keyin g'alaba qozona olmaslik alamli ekan"

Reyting: +151   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика