So’nggi yangiliklar

13:49"Қўқон-1912"нинг 9 ўйинлик мағлубиятли серияси якунланган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:45"Сурхон" май ойидан буён Термизда гол ура олмаяпти  0 13:24Луис Энрике: "Тоттенхэм" бир ойдан буён тайёрланмоқда, биз эса бир ҳафта шуғулландик холос"  0 12:27"Нефтчи" ва "Насаф" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:01Эшитдик-да! "Динамо" - "Пахтакор" учрашуви бош ҳакамига "қизил карточка" кўрсатилди  31 11:51Суперлига 19-турида ишловчи расмийлар маълум  2 11:31Кузатаётган Абрамов, сакраётган Илёсов, ётган Кенжабоев, сиқилаётган Қосимов ёхуд ОКМК - "Қизилқум" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 10:47Жанлуижи Доннарумма АПЛ жамоаси билан келишувга эришди  9 10:15"Ньюкасл" "Милан" ҳимоячисини сотиб олди  1 09:41"Ливерпуль" Англия терма жамоаси футболчиси билан шахсий шартнома бўйича келишувга эришди  5 09:09Жанлуижи Доннаруммага Европанинг яна бир ТОП клуби қизиқиш билдирмоқда  2 08:38Пролига. Бугун 11-тур якунланади  0 08:07Расман. "Бухоро"ни вақтинчалик мураббийи маълум қилинди  3 07:35Суперлига. Бугун 18-тур якунланади  1 07:10Суперлига. "Навбаҳор" дербида ғалаба қозонди, "Шўртан" “Қўқон-1912”га ютқазди, ОКМК - "Қизилқум" баҳсида эса нурсиз дуранг  3

Sergey Lushan: "Bunyodkor"ning ishlari alo bo'ladi, muhimi - ishonmoq lozim" Yangiliklar

Sergey Lushan: "Bunyodkor"ning ishlari alo bo'ladi, muhimi - ishonmoq lozim"

Oliy liganing 17-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumani ikkinchi qismida "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Sergey Lushan qatnashdi.


- Biz uchun hozirgi kunda muhimi - natija. O'yin borasida muammolar bor, ikkinchi o'yindirki yaxshi, ko'ngildagidek harakat qila olmayapmiz.
Futbolchilarda faollik, harakatlar bor. Ammo maydonda to'p bilan tez fikrlash etishmayapti. O'z o'yinimiz bilan muxlislarni xursand eta olmayapmiz.
Ayni paytda biz uchun natija muhim ahamiyat kasb etadi.

Biz bugun o'zimizni mehmonda to'p surgandek his qildikmi? To'g'risi, men bunga ortiqcha etibor qaratmayman. Biz bazida o'z maydonimizdan ko'ra safarda yaxshiroq o'ynaymiz. SHu bois bu jihat o'yinga hech qanday tasir ko'rsatgani yo'q.

Biz qaerda o'ynasak ham muxlislarimiz jamoamizni yolg'izlatib qo'yishmadi. Qaerda bo'lmaylik ularning qo'llab-quvvatlashini his etib turamiz. Ular doimo biz bilan birga. Buning uchun ularga katta tashakkur bildirib qolamiz.

"Neftchi"ga qarshi o'yinda himoyada juda ko'pol xatolarga yo'l qo'ygandik. Bugungi o'yinda ham bu kamchiliklar to'liq yopilmagani ko'rinib qoldi.

Himoyadagi muammolarning sababi nimada? To'g'risi, buni o'zimiz ham tushunmayapmiz.
Etakchi futbolchilarimiz masuliyatni to'liq o'z bo'ynilariga olishmayapti. shu narsa meni havotirlantirmoqda.
Zuagini ketgani jamoamizning o'yinini tubdan o'zgartirib yuborgani yo'q. Bir futbolchi jamoamizni o'yinini belgilab bermaydi. Futbolda almashtirib bo'lmas futbolchining o'zi yo'q.

Hozircha jamoamizdan tanaffusdan keyin o'ziga kelib olgani yo'q. Hujumlarni tashkil etishda, himoyada tartibli o'ynashda muammolarga duch kelyapmiz. "Bunyodkor" hali ikkinchi davra o'yinlariga kirishib ketgani yo'q. Buni biz bilardik, jamoamiz to'liq formaga kirib borishi uchun 2-3 tur kerak bo'lishini taxmin qilgandik.

Futbolchilarga o'ziga bo'lgan ishonch qaytishi kerak. SHundagina ularning maydonda o'ylagan rejalari, harakatlari samarali chiqadi.

Gadoev ham, Azimov ham yaxshi o'ynashdi. Lekin jamoaning o'yini chiqmay turgan paytda barcha yomon o'ynagan bo'lib chiqadi. Bu paytda hech kimni alohida ajratib ko'rsatishning iloji yo'q.
Sardor Azimov hamda  SHohruh Gadoevning imkoniyatlarini yaxshi bilamiz va ular mavsum davomida o'z o'yinlarini yanada kuchaytirib borishlariga ishonchim komil.
"Bunyodkor"ning ishlari besh bo'ladi, muhimi - ishonmoq lozim.

"Lokomotiv" ichki chempionatda hali ochkolarni yo'qotishiga umid qilamiz. OCHLda esa ularga ishqibozlik qilamiz. "Loko" juda kuchli jamoa. Ayni paytda o'zbek futbolidagi eng kuchli jamoa - "Lokomotiv". Bunga shubha yo'q. Ularga qarshi jamoalar 220% tayyorgarlikda maydonga tushishlari lozim. SHundagina raqib "Loko"ni mag'lubiyatga uchratish imkoniyatiga ega bo'ladi. Futbolda yutqazmaydigan jamoaning o'zi yo'q. SHu bois hali ularni ham yutadigan jamoalar topilib qoladi. Kimlar? Istalgan jamoa yutishi mumkin. Faqatgina to'liq tayyorgarlik va yuqori sifat bilan harakat qilmoq zarur. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика