Sergey Lebedevni tabriklaymiz!
31 jan 2019 14:47
Yangiliklar
Sergey Lebedevni tabriklaymiz!
Bugun o'zbek futbolining afsonaviy vakili Sergey Lebedevning tug'ilgan kuni!
31 yanvar kuni “Istiqlol” bosh murabbiyi yubiley 50 yoshni qarshi olmoqda. Faoliyatining asosiy qismini “Neftchi” PFK bilan bog'lagan Sergey Elefertovich farg'onaliklar safida 250 dan ortiq o'yinlarda ishtirok etgan. Faoliyatini yakunlagach, murabbiy sifatida ham qadrdon jamoasida mehnat qildi. Bugungi kunda esa Pro liganing etakchi jamoalaridan biri sanalgan “Istiqlol” jamoasiga bosh murabbiylik qilayotganidan xabaringiz bor.
Fursatdan foydalangan holda “Neftchi” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda barcha ishchi-xodimlar nomidan Sergey Lebedevni bugungi yubiley sanasi bilan tabriklaymiz. Sergey Elefertovichning murabbiylik faoliyatida ulkan zafar hamda omadlar yor bo'lishini tilaymiz!

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar