So’nggi yangiliklar

12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  1 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  6 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  12 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5

Sergey Kucherenko: “Yangi mavsumda muxlislar uchun qulayliklar yaratiladi” Yangiliklar

Sergey Kucherenko: “Yangi mavsumda muxlislar uchun qulayliklar yaratiladi”

Teglar :  Sergey Kucherenko
“Nasaf” bosh menejeri Sergey KUCHERENKO klub matbuot xizmatiga yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi.

- 2019  yilgi mavsum uchun har jabhada munosib tayyorgarlik  tayyorgarlik ko'rishga intilayapmiz.  Xabaringiz bor,  o'n nafar futbolchilarimz OTJ ga taklif qilinganidan so'ng Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi bosh jamoamiz yig'inni dastlab Qarshida, hozir esa poytaxtda olib bormoqda. Biz esa  tashkiliy masalar bo'yicha shug'ullanmoqdamiz. Xususan asosiy tarkib o'quv-mashg'ulotlar yig'ini bazasida rekonstruciya ishlari tugallandi. Yoshlarimizning Batosh qo'rg'onchasidagi   bazasida nafaqat o'rinbosarlar jamoasi, balki mehmon jamoa uchun ham   yangi qulayliklar yaratilmoqda.

- O'rinbosarlarimiz jamoasining tayyorgarligi haqida ham fikrlaringizni bilmoqchi edik...

- O'rinbosarlarimiz 26 yanvardan o'z qarorgohlarida yig'ilib ikki mahaldan mashg'ulot olib borishmoqda.  O'tgan mavsum U-18 jamoasining asosiy o'zagi o'rinbosarlarimiz tarkibiga kelib qo'shilishdi. Xususan o'rinbosarlar murabbiylari shtabida ham o'zgarish ro'y berdi. SHu kungacha “Nasaf” futbol maktabida faoliyat yuritgan Eldor Moyliev endilikda Zafar Holmurodov bilan birgalikda yoshlarimizni tarbiyalashadi. O'rinbosarlarimiz hozir Qarshida “Viloyat  hokimi kubogi-2019”da qatnashishmoqda. Bu musobaqa o'rinbosarlarimiz uchun mavsum tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.

- “Markaziy” stadionda ham tamirlash ishlari davom yakuniga etay deb qoldi...

- Stadionimiz Respublikadagi eng ko'zga ko'ringan o'yingohlardan biri hisoblanadi. Bunday stadionni bunyod etish oson emas, uni ajoyb holda saqlash undanda qiyin ish. 2019 yilgi mavsumga  tayyorgarlik ishlari nafaqat jamoalarimizda, balki muhtasham stadionimizda ham davom etmoqda. Maydon holatini  saqlash uchun kerakli mineral o'g'itlar bilan ishlov berib yopib qo'yganmiz. Bu yilgi mavsum uchun muxlislarga yangidan-yangi qulayliklarni yaratishni rejalashtirganmiz.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика