So’nggi yangiliklar

18:10"Реал Мадрид" — "Реал Сосьедад". Таркиблар маълум  0 17:39“CAFA U-17 Championship 2025” бошланмоқда  0 17:22ЦСКА, "Акрон" ва "Рубин" иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари маълум  3 16:50АПЛнинг якунланаётган мавсумдаги энг яхши ўйинчиси аниқланди  3 16:21"Футбол олами". Ўзбекистон кубоги 1/8 финал жуфтликлари маълум  1 15:45Ўзбекистон кубоги. 1/8 финал баҳсларининг саналари маълум  5 15:29"Насаф" қизиқарли кечган баҳсда ОКМКни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 15:04"Андижон" "Сурхон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 14:37"Бавария" Вирцнинг трансфери барбод бўлгач, "Манчестер Юнайтед" юлдузини сотиб олмоқчи  8 14:05БАА - Ўзбекистон учрашувига чипталар қачон сотувга чиқади?  9 13:31Ансу Фати янги клубга ўтишга яқин  2 12:54"Реал" мухлислари учун хушхабар  11 12:25"Манчестер Юнайтед" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  1 11:58Фабрицио Романо: Флориан Вирц "Ливерпуль" билан шартнома имзолади  5 11:25Де Брюйненинг эҳтимолий янги клуби маълум, у Италиядан  6

Sergey Kovshov: "Bizning vazifamiz umuman boshqa, "Lokomotiv"ning maqsadi butkul boshqa" Yangiliklar

Sergey Kovshov: "Bizning vazifamiz umuman boshqa, "Lokomotiv"ning maqsadi butkul boshqa"

"Andijon" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan so'ng Sergey Kovshov o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizning vazifamiz umuman boshqa, "Lokomotiv"ning maqsadi butkul boshqa. Biz oliy ligada qolmoqchimiz, ular chempionlik uchun kurashishmoqda. Bunday o'yinda ochko olishimiz mumkin edi. Hozirgi vaqtda har bir ochko juda muhim. To'g'ri bugun sifatli o'yin ko'rsatmadik, ammo oxirigacha kurashdik. Jamoada g'alabaga bo'lgan kurashuvchanlik borligi quvontirdi. "Lokomotiv" bidan klass borasida ancha yuqori. Ammo o'yin borasida ularga ko'p ham yutqazmadik. Azamov jarohatidan yaqinda qutuldi, shu bois tanaffusga yaqin almashtirdim.

"Navbahor"ga qarshi o'yin ham qiyin bo'ladi. Biz har bir o'yinga shunday chanchoqlik bilan tushamiz. Bugun o'yin borasida futbolchilarga hech qanday etirozim yo'q. Hakamlar haqida gapirmoqchi emasman. Rasul Rahmonov va Lochin Soliev jarohatlarini davolashmoqda. Hozircha mashg'ulotlarga ham qaytishmagan. Ular mavsumning so'nggi o'yinlarida maydonga qaytishlariga umid qilamiz", - deydi Kovshov.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика