So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  3 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  1 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Sergey Arslanov: "Namanganda o'ynash juda qiyin, chunki muxlislar bosimini his etasiz" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Namanganda o'ynash juda qiyin, chunki muxlislar bosimini his etasiz"

Coca Cola Superligasi 10-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Arslanov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Hammaga xayrli kech. Qisqacha aytadigan bo'lsak, hammasi yaxshi va shu bilan birga, yomon bo'ldi. Yaxshi deganda, yigitlarimiz oxirigacha kurashishganini ajratib ko'rsatmoqchiman. "Navbahor" yaxshi shakllangan jamoa ekanligini barchamiz bilamiz. Bundan tashqari, bu erda futbolni sevishadi, muxlislar astoydil jamoani qo'llab-quvvatlab turishadi. Futbolchilarimiz harakat qilishdi, shunga qaramay, penaltidan urilgan gol butun o'yin taqdirini hal etdi. Yomon, yani salbiy jihat deganda, qoniqarsiz natijani nazarda tutyapman. Biz doim o'z oldimizga yuqori maqsadlarni qo'yamiz. Afsuski, bugun qimmatli ochkolarni qo'lga kiritish nasib qilmadi. "Navbahor" jamoasi va uning muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.

- "Navbahor"ning o'yinlari borasida qanday fikrdasiz?

- Biz "Navbahor" tarixini yaxshi bilamiz. 1996-yil chempion bo'lganida yulduzli tarkibga ega edi. Hozir rahbariyat va murabbiylar shtabi shu chempionlikni qaytarishga urinishmoqda. "Navbahor" kuchli murabbiylar shtabiga ega, Samvel Babayanni yaxshi menejer sifatida bilamiz. Jamoada ko'plab tajribali va individual jihatdan kuchli futbolchilar yig'ilgan. Jamoa o'yinini to'liq o'rganib chiqqandik, o'yinni qanot orqali qurishini, tezkor futbolchilarga egaligini inobatga olgandik. Bugun qarshilik ko'rsatish qiyin bo'ldi. Birinchi bo'limda juda qiynaldik, ikkinchi taymda esa o'yinda burilish hosil qildik. "Surxon" futbolchilariga hech qanday etiroz yo'q. Muxlislarimizga ham katta rahmat, ularga samimiy minnatdorlik bildiraman. 

- "Navbahor"ning chempionlik imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Sal oldin aytganimdek, jamoada kuchli murabbiylar va futbolchilar jamlangan. Samvel Babayan har bir detallarga etibor qaratadi. Himoya yoki himoyadan hujumga chiqish, umuman, hammasiga etibor qaratadi. 1996 yilgi chempionlikni qaytarish uchun hammasi etarli.

- Ortda qolgan turlarni inobaga olib, "Surxon" uchun eng og'ir o'tgan o'yin qaysi bo'ldi deb o'ylaysiz?

- Men qaysidir o'yinni ajratib ko'rsatolmayman. Har bir o'yin qiyin kechmoqda. Ishoning, har bir o'yin juda qiyin o'tadi. Ayniqsa, Namanganda juda qiyin, chunki muxlislar bosimini ham his etasiz.

- "Surxon" asosan yosh futbolchilardan iborat. Yaxshi o'ynayotgan futbolchilarga grand jamoalardan takliflar bo'lishi mumkin. SHu holatda qanday yo'l tutasiz? Ularni qo'yib yuborasizmi?

- Biz jamoamiz azolari futbolchi sifatida o'sishi tarafdorimiz. Agar kuchliroq klubdan taklif tushsa, bunga qarshilik qilmaymiz. Bu klubimiz falsafasi desak ham bo'ladi. Klubimiz futbolchilar uchun o'ziga xos "tramplin" bo'lib bersa, bundan faqat xursand bo'lamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика