So’nggi yangiliklar

16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  0 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  4 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  1 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  17

Sergey Arslanov: "Kuchli pressing bilan o'ynash juda ko'p kuch talab etadi" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Kuchli pressing bilan o'ynash juda ko'p kuch talab etadi"

"Paxtakor" hamda "Surxon" o'rtasidagi Superliganing 12-tur o'yinidan (1:0) so'ng mehmonlar ustozi Sergey Arslanov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Bugun xar xil ikkita taym guvohi bo'ldik. Birinchi taymda juda yaxshi o'yin namoyish etdik. Pressingda yaxshi harakatlandik. Ikkinchi taymda esa, himoyaviy o'yin uslubiga o'tdik. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng ham yigitlar hujum qilishdi va oldinga borishdi. CHempionatimizning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o'ynash oson bo'lmasligi aniq edi.

- Bugun Silvanus Nimeli yorqin o'yin ko'rsata olmadi. Bunga sabab "Paxtakor" himoyachilari Nimelini yaxshi o'rganib chiqishganimi?

- Ha, "Paxtakor" himoyachilari Nimelini yaxshi o'rganib chiqishibdi. Birinchi taymda Nimeli ko'proq vaziyat yaratish bilan shug'ullanayotgan edi, ikkinchi taymda esa u ko'proq markaziy hujumchi sifatida o'ynadi. O'ylaymanki u bugun yomon o'yin namoyish etmadi.

- "Surxon" jamoasiga 90 daqiqa maydonda harakat qilishga jismoniy holati etishmayotgani sabab, jamoa bugun mag'lub bo'ldi deb o'ylaysizmi?

- To'g'risini aytsam kuchli pressing bilan o'ynash juda ko'p kuch talab etadi. Birinchi taymda yigitlar kuchga to'la edi va shu sabab "Paxtakor"ni ancha qiynab qo'yishdi. Fikringizga qisman qo'shilaman. Yigitlar ikkinchi taym so'ngida ham yaxshi harakat qildi.

- So'ngi o'yinlarda Asilbek Jumaevga qarshi ko'p follar ishlatilayotgandek. Bunga fikringiz qanday?

- Asilbek yosh va juda talantli futbolchi. U himoyachilarga qarshi borishdan qo'rqmaydi va dribling ishlatadi. U qo'rqmay ikkita himoyachiga qarshi ham o'ynay oladi. SHu sabab himoyachilar ko'p fol ishlatishadi. Himoyachini bir ikki marotaba aldab o'tsangiz, u keyingi safar sizga qarshi fol ishlatadi.

- "Paxtakor" o'tgan mavsum "Surxon"ni ikki to'qnashuvda ham mag'lub eta olmadi. Bu mavsum esa "Paxtakor" "Surxon"ga qarshi juda qiynaldi. Kelajakda "Paxtakor"ga qarshi "Surxon" qanday o'ynay oladi?

- Hozirgi kunda barcha jamoalarning imkoniyatlari tenglashib qoldi. Musobaqa jadvalida pastki o'rinlardan joy olgan jamoalar qo'rqmay "lider"larga qarshi o'ynash olishmoqda, avvallari unday emas edi Jamoalarning moliyaviy holatlari ham juda har xil edi. Men kelajakda "Paxtakor"ni mag'lub eta olishimizga ishonaman.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика