So’nggi yangiliklar

09:23Моуринью нима учун ўзини дунёнинг энг яхши мураббийларидан бири деб билишини тушунтирди  0 08:54"Ньюкасл" Исак бўйича расмий баёнот берди  1 08:25Муҳаммад Салоҳ тарихий натижа қайд этди  1 07:56ЦСКА тасдиқлади  5 07:27Суперлига. Бугун 20-турга старт берилади  2 02:13ЕЧЛ. "Қорабоғ", "Пафос" ва "Брюгге" саралашнинг сўнгги босқичидаги илк баҳсларни ўз фойдаларига ҳал қилишди  0 02:02Ла Лига. Мбаппенинг пенальтидан киритган голи "Реал Мадрид"га илк турдаги ғалабани тақдим этди  50 02:00Муҳаммад Салоҳ Англия профессионал футболчилар уюшмаси талқинига кўра АПЛнинг энг яхши футболчиси деб топилди  4 01:54Англия профессионал футболчилар уюшмаси АПЛ рамзий терма жамоасини эълон қилди  1 01:10Фарҳод Нишонов: "Вазиятлардан фойдаланганимизда ўйин сценарийси бошқача кечиши мумкин эди"   1 00:56Неъматилло Қуттибоев: "Бугунги ғалаба – қаҳрамонлик. Йигитлар ва мухлисларга раҳмат"  1 00:50Гвардиола "Сити" билан шартномасини узайтирадими? Мураббийнинг ўзи жавоб берди  1 00:25"Арсенал" Троссарднинг маошини сезиларли даражада оширмоқчи  0 23:30Эрон. "Истиқлол" илк турда "Трактор"ни мағлубиятга учратди  1 23:23Гарначо "Бавария"га йўқ деди. Футболчи "Челси"га ўтмоқчи  2

Sergey Arslanov: "Biz o'zimiz uchun kerakli rasmni asta-sekinlik bilan chizib boryapmiz" Yangiliklar

Sergey Arslanov: "Biz o'zimiz uchun kerakli rasmni asta-sekinlik bilan chizib boryapmiz"

Coca Cola Superligasi 4-turi doirasida "Buxoro" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Sergey Arslanov o'z fikrlarini bildirdi.


- Barchaga xayrli kech. Bugungi o'yin emociyalarga boy bo'ldi. Nafaqat o'yin tempi, harakatlar, balki xissiyotlarni ham boshqara bilish kerak. Menimcha, biz buni uddaladik va kerakli natijaga erishdik. Barchaga rahmat.

- "Surxon" o'yindan o'yinga yaxshi o'yin ko'rsatib bormoqda.

- Keling buni shunday tushuntiray. Biz o'zimiz uchun kerakli rasmni asta-sekinlik bilan chizib boryapmiz. Murabbiylar shtabining o'zi istagan o'yin uslubi bor. Bu yo'nalish esa natijasini bermoqda. Demak, biz to'g'ri yo'ldamiz. 

- Silvanus Nimelining tezligi yaxshi ekan, biroq baribir unda rang-baranglik etishmayotgandek.

- To'g'ri payqabsiz, uning start tezligi juda katta. Zamonaviy futbolda bu juda muhim sifat. CHunki doimo raqibdan 2-3 qadam oldinda bo'lish kerak. U bu sifatidan etarlicha foydalana oladi. Unga nimadirlar etishmayati, deyish biroz noto'g'ri. CHunki u o'yindan o'yinga vaziyatlarni o'zi yaratishga harakat qilmoqda. Ha, u oldingi chiziqdagi hujumchi sanaladi. Biz Indzagini barcha hujumchilarga misol qilib keltirishimiz mumkin. Biroq u Inzagichalik texnikaga ega emas, biroq kerakli paytda kerakli joyda paydo bo'lmoqda. Uning asosiy sifatlari - bo'sh hududda bo'lish va bundan foydalanish. Bu sifatlar hozirgi kunda hujumchilarga eng keraklisi bo'lmoqda.

- Birinchi goldan keyin raqiblaringizda yaxshi vaziyat bo'ldi. To'p to'singa tegdi. SHundan keyin jamoa asosan himoyada o'ynadi. Bu murabbiylarning qarorimidi?

- Aslida murabbiylarning rejasida bu yo'q edi. Birinchi bo'lib gol urgan o'yinlarimizda yopiq o'yin namoyish qilmaganmiz. Asosan ochiq va jangovor futbol namoyish qilishga harakat qidamiz. Ha, balki o'sha vaziyatda biroz ortga chekingandirmiz. Tan olaman, ikkinchi bo'limning birinchi yarmida to'pni darvozamizga yaqin joydan ko'p bora qaytardik, aslida buni unchalik xushlamaymiz. Keyinchalik esa o'yinni o'rtaga ko'chirdik. O'yinning yakuniga yaqin esa yana agressiv va hujumkor futbol namoyish qildik. Bunday holat ikkinchi bo'limning dastlabki yarmida bo'lmagandi. 

- Tamirlan Jamalutdinov qizil kartochkaga qadar maydondagi eng yaxshilaridan biri edi, balki eng yaxshisi ham. U bilan suhbatlar bo'ladimi? CHunki u faoliyati davomida ilk marta qizil kartochka oldi.

- Aslida u diplomatik va xotirjam futbolchilardan biri. U o'z xissiyotlarini doimo boshqarib kela olgan. SHu sababli u faoliyati davomida qizil kartochka olmagandi. So'radik, bunga xos sabablar borligini aytdi. Ammo bu qizil kartochka uchun olib kelmasligi kerak edi. Jamoaviy sport turlarida u boshqa sheriklarini ham o'ylashi kerak. Qachonki jamoa g'alaba qozonayotgan paytda futbolchining qizil kartochkasi kechiriladi. Albatta, u bilan suhbat o'tkazamiz. U yaxshi texnikaga, futbolcha fikrlashga ega bo'lgan futbolchi. Bu uning uchun ham o'ziga xos saboq bo'ladi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика