Sergey Lushan: “O'yindan-o'yinga, bosqichma-bosqich o'syapmiz”
02 iyu 2014 08:40
Yangiliklar
Sergey Lushan: “O'yindan-o'yinga, bosqichma-bosqich o'syapmiz”
“Nasaf” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “qaldirg'ochlar” ustozi Sergey Lushan qatnashdi.
- Juda og'ir va asabiy o'yin bo'ldi. Finalga yo'l olganimizdan xursandman. O'yinga keladigan bo'lsak, “Nasaf” mamlakatimizning kuchli jamoalaridan biri. Ustiga ustak, qarshiliklar o'z maydonlarida ancha kuchli o'yin namoyish etishadi. Biz bosqichma-bosqich, o'yindan-o'yinga o'sib boryapmiz.
Buni bugungi o'yinimiz ham ko'rsatib berdi. Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Ketma-ket o'yinlar, og'ir mashg'ulotlar, issiq kunlarda keragidan ortiq yuklamalar bilan ishlashyapti. SHunday sharoitda ham ular yaxshi va eng asosiysi oxirigacha o'ynashayotganidan xursandman.
1:0ga yutqazayotganimizdan keyin asosiy vaqtning o'zidayoq uchta futbolchini almashtirdim. Bu degani asosiy vaqtdayoq gol urib, final yo'llanmasini qo'lga kiritishni ko'zladim, degani emas. Hozir biz bitta o'yinga emas, aksincha kelajak haqida ham bosh qotiryapmiz.
Aynan mana shunday o'yinlar orqali yoshlarga imkon beryapmiz. Masalan, bugun Zabixillo O'rinboevni maydonga tushirdim va u bunday saviyadagi bahsda o'zini yo'qotib qo'ygani yo'q. Garchi u qizil kartochka olib maydonni tark etgan bo'lsa-da, O'rinboevga ishonishda davom etaman. Aynan mana shu yoshlar “Bunyodkor”ning ertasi, - dedi Sergey Ivanovich.

Fikrlar