Sergey Lushan: “G'alaba qozondik, lekin o'yindan qoniqmadim”
26 apr 2015 19:11
Yangiliklar

Sergey Lushan: “G'alaba qozondik, lekin o'yindan qoniqmadim”
“Metallurg” – “Bunyodkor” (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi o'z fikrlarini bildirdi.
“G'alabadan xursandman. Natijadan ko'nglim to'ldi, lekin o'yindan qoniqmadim. Yana eski xatolar takrorlanyapti. Buni ustida jiddiy ish olib boramiz. Bugun omad ko'proq "Bunyodkor"ga kulib boqdi. CHunki "Metallurg"da 100 foizli vaziyat juda ko'p bo'ldi. Raqib o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi.
Ochig'ini aytsam, "Metallurg" himoyaviy o'yin ko'rsatsa kerak deb taxmin qilgandim. Lekin bunday bo'lib chiqmadi. Ular hujum qilishdan to'xtashmadi va qarshi hujumlarga tayyor turishdi. Zaxiradan maydonga tishgan futbolchilarimiz, ayniqsa SHodiev mahorat bobida ustun ekanligini namoyish etdi. U gol urgan vaziyatda juda faol va aql bilan harakat qildi”, - deydi Lushan.
"Bunyodkor" matbuot xizmati

Fikrlar