So’nggi yangiliklar

01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  9 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  0 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:54А Серия. "Рома" - "Женоа". Асосий таркиблар маълум!  5 23:43Бундеслига. "Айнтрахт" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  5 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  24 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  17 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5 19:50ОК-2025 саралаши. Футзалчиларимиз Австралияга 1:3 ҳисобида мағлуб бўлишди  13

Sergey Lushan: “Futbolchilar jismoniy tomondan oqsashyapti” Yangiliklar

Sergey Lushan: “Futbolchilar jismoniy tomondan oqsashyapti”

O'zbekiston Kubogining chorak finalidan o'rin olgan bahsda “Bunyodkor” o'z maydonida “Olmaliq”ni qabul qildi va dastlabki bellashuv 2:2 hisobida yakun topdi.
O'yindan keyingi matbuot anjumanida “Bunyodkor” bosh murabbiyi Sergey Lushan quyidagi fikrlarni ilgari surdi.

-   Ikkinchi og'ir o'yinni o'tkazdik. Biz hozir psixologik jihatdan qiyin ahvoldamiz. Jamoani qabul qilib olganimdan so'ng bu ikkinchi o'yinim bo'ldi va birdaniga hammasini o'zgartirish qiyin. Oxirgi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish albatta alamli. “Neftchi” bilan kechgan o'yinda ham shunday bo'lgandi. Xatolar ustida ishlaymiz. Jamoaning funkcional holatini yuqori deb aytolmayman. O'ylaymanki, yaqin kunlar ichida ko'p narsani o'zgartiramiz.

-   Asosiy tarkib o'yinchilari toliqib qolishayotgan ekan, balki zaxirada o'z paytini kutib o'tirgan yoshlarga imkon berishning vaqti kelgandir?
-   Tushuning, biz ham sehrgar emasmiz va futbolda hammasi birdaniga ro'y berib qolmaydi. Bugungi o'yinda biz ikkinchi raqamli jamoa bo'lib o'ynadik. Gol urish uchun vaziyat yuzaga kelishini bilgandik, oqibatda ikkita to'p kiritishni ham uddaladik, biroq ikkinchi bo'limda futbolchilar charchab qolishdi. Men hozir hech kimni ayblamoqchi emasman, faqat xato, kamchiliklar bor deya olaman va bularni to'g'rilash ustida ishlaymiz. Lekin buning uchun ko'p vaqt yo'q. Yigitlar funkcional jihatdan o'zlarini tiklab olishsin, o'yin uslubimiz tubdan o'zgaradi.

-   Davralar oralig'ida tarkibda o'zgarishlar bo'ladimi?

-   Selekciya ishlari davom etmoqda. Men hech qachon bitta futbolchining bir yo ikkita o'yinini ko'rib jamoamga qabul qilmayman. Kamida o'nta o'yinini ko'rishim kerak bo'ladi. Lekin buning uchun bizda vaqt bormi? Hamma gap avvalo shunda.

-   Islom Inomov bu safar ham tayanch yarim himoyasidan joy oldi. Sardor Sobirxo'jaev nima uchun ko'rinmay qoldi?
-   Inomov safarda “So'g'diyona”ga qarshi bellashuvda tayanch yarim himoyasida to'p surib o'zidan yaxshi taassurot qoldirgandi. SHu bois uni “Neftchi” bilan kechgan belalashuvda ham shu nuqtada sinab ko'rdik. Javlon Ibrohimov jarohat olgan, Sobirxo'jaev esa o'yinga tayyor emas. Men kim tayyor bo'lsa o'shani maydonga tushiraman. Buning uchun bizga funkcional jihatdan tayyor futbolchilar kerak bo'ladi.

X.Xoliqov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика