So’nggi yangiliklar

03:10ЕЧЛ. "Бавария"да йирик мағлубият, "Арсенал" ва "Милан"да ғалаба ва бошқа натижалар  3 03:00ЕЧЛ. "Манчестер Сити" кутилмаганда ПСЖга мағлуб бўлди  68 03:00ЕЧЛ. "Реал Мадрид" "Зальцбург"га ҳеч қандай имконият қолдирмади  57 00:37Нима? Саудияликлар Винисиус учун "Реал"га 350 млн евро таклиф қилишмоқчи!  12 23:39"Барселона" икки нафар асосий ўйинчиси билан 2030 йилга қадар шартнома имзолайди  1 23:05Европа лигаси. Сульшернинг дебют ўйинида "Бешиктош" "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  6 22:41Рафинья Ла Лигадаги ҳакамлик ҳақида: "Ўйлаётган нарсамни гапирадиган бўлсам, бошқа бу ерда ўйнамаслигим мумкин"  13 22:00Ўзбекистон U-20 терма жамоаси назорат ўйинида Қатарга мағлуб бўлди  21 21:47Уилфрид Заҳа МЛС клубига ўтди  2 21:24ОКМК назорат ўйинида "Урал" билан дуранг ўйнади  0 21:05Максим Шацкихнинг ёрдамчилари "Пахтакор" академиясида иш бошлади  14 20:44Футзал. Марказий ўйинда ОКМК "Оил Стар"га 7 та гол урди, "Сурхон" "Пахтакор"га 5 та урди  0 20:32Расман: Драган Черан “Насаф”га қайтди  15 20:03Расман: Тимур Кападзе - Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи!  259 19:54Эшитдик-да! "Локомотив" билан 10 декабрь куни шартнома тузган футболчи жамоани тарк этди  3

"Serbiyalik futbolchilarga O'zbekistonda yashash va to'p tepish qulay". Boyan Matich bilan intervyu Yangiliklar

"Serbiyalik futbolchilarga O'zbekistonda yashash va to'p tepish qulay". Boyan Matich bilan intervyu

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibga serbiyalik hujumchi Boyan Matichni qo'shib olgandi.

Hujumdagi muammolarni bartaraf etishi kutilgan futbolchi hozircha o'zini to'liq ko'rsata olganicha yo'q. Xo'sh? uning “Paxtakor”ga ko'nikishi qanday kechmoqda? 

“Qizilqum”ga qarshi bahsdan so'ng Matichga shu va boshqa savollar bilan murojaat qildik. U esa taklifimizni rad etmasdan suhbatga rozi bo'ldi. 

- Uyin xaqida

-Bu uyin biz uchun juda muhim edi va bugungi g'alaba bizni chempionga aylantirdi. Uyin qiyin bo'ldi va biz buni bilgan holda, qattiq tayyorgarlik ko'rdik. Endi bor etiborimizni keyingi uyinga qaratamiz. Bizni kubok bahsi kutmoqda. 

- Bizning yurtimizga va klubga ko'nikish jarayoni qanday kechdi?

- O'zbekiston menga juda yoqdi, ayniqsa Toshkent juda katta va zamonaviy shahar ekan. Jamoaga kelsak, do'stlarim, murabbiylar va umuman, bu erdagi odamlar hushmuomala ekan. Men bu erdan bahra olyapman.

- “Partizan”dan kelib “Paxtakor”da uynash qiyin emasmi?

- Yo'q. CHunki “Partizan” hamda “Paxtakor” ikkita katta klublar xisoblanishadi. Sababi ikki jamoa muxlislari ham xar bir uyinda uch ochko kutishadi.

- Siz Greciya chempionatida ham to'p tepgansiz. O'zbekiston, Greciya va Serbiya chempionatlarini taqqoslay olasizmi? Yaxshi va yomon jihatlari haqida...

- Fikrimcha, Greciya chempionati eng yomoni. Serbiya chempionati esa o'rtacha. Eng yaxshisi O'zbekiston Superligasi. CHunki Uzbekiston chempionati Serbiyanikiga qaraganda xujumkor va tajovuzkorroq. 

- Hozirgi kunda O'zbekiston chempionatida juda ko'p serbiyalik futbolchilar o'ynashmoqda. Nima deb uylaysiz, serblarga O'zbekistonda yashash va to'p tepish qulaymi?

- Albatta. Serbiyalik futbolchilarga O'zbekistonda o'ynash va yashash qulay. CHunki biz bu erda o'zimizni uydagidek his qilamiz. Misol uchun, Dragan mendan yuz metr uzoqda yashaydi. Biz har kuni "Tashkent City" va boshqa joylarga birga boramiz.

Uchqunbek suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика