"Serbiyalik futbolchilarga O'zbekistonda yashash va to'p tepish qulay". Boyan Matich bilan intervyu

Sherzod Nurmatov
17 okt 2021, 20:00
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yozgi transferlar oynasi vaqtida tarkibga serbiyalik hujumchi Boyan Matichni qo'shib olgandi.

Hujumdagi muammolarni bartaraf etishi kutilgan futbolchi hozircha o'zini to'liq ko'rsata olganicha yo'q. Xo'sh? uning “Paxtakor”ga ko'nikishi qanday kechmoqda? 

“Qizilqum”ga qarshi bahsdan so'ng Matichga shu va boshqa savollar bilan murojaat qildik. U esa taklifimizni rad etmasdan suhbatga rozi bo'ldi. 

- Uyin xaqida

-Bu uyin biz uchun juda muhim edi va bugungi g'alaba bizni chempionga aylantirdi. Uyin qiyin bo'ldi va biz buni bilgan holda, qattiq tayyorgarlik ko'rdik. Endi bor e'tiborimizni keyingi uyinga qaratamiz. Bizni kubok bahsi kutmoqda. 

- Bizning yurtimizga va klubga ko'nikish jarayoni qanday kechdi?

- O'zbekiston menga juda yoqdi, ayniqsa Toshkent juda katta va zamonaviy shahar ekan. Jamoaga kelsak, do'stlarim, murabbiylar va umuman, bu yerdagi odamlar hushmuomala ekan. Men bu yerdan bahra olyapman.

- “Partizan”dan kelib “Paxtakor”da uynash qiyin emasmi?

- Yo'q. Chunki “Partizan” hamda “Paxtakor” ikkita katta klublar xisoblanishadi. Sababi ikki jamoa muxlislari ham xar bir uyinda uch ochko kutishadi.

- Siz Gretsiya chempionatida ham to'p tepgansiz. O'zbekiston, Gretsiya va Serbiya chempionatlarini taqqoslay olasizmi? Yaxshi va yomon jihatlari haqida...

- Fikrimcha, Gretsiya chempionati eng yomoni. Serbiya chempionati esa o'rtacha. Eng yaxshisi O'zbekiston Superligasi. Chunki Uzbekiston chempionati Serbiyanikiga qaraganda xujumkor va tajovuzkorroq. 

- Hozirgi kunda O'zbekiston chempionatida juda ko'p serbiyalik futbolchilar o'ynashmoqda. Nima deb uylaysiz, serblarga O'zbekistonda yashash va to'p tepish qulaymi?

- Albatta. Serbiyalik futbolchilarga O'zbekistonda o'ynash va yashash qulay. Chunki biz bu yerda o'zimizni uydagidek his qilamiz. Misol uchun, Dragan mendan yuz metr uzoqda yashaydi. Biz har kuni "Tashkent City" va boshqa joylarga birga boramiz.

Uchqunbek suhbatlashdi

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia