Sensacion intervyu - Luchano Modji
11 sen 2018 16:04
Yangiliklar
Sensacion intervyu - Luchano Modji
- Yaqindagina 81 yoshni qarshiladingiz, ammo ko'rinishingiz ajoyib...
- O'zimni doimo kerakli formada ushlab turishga harakat qilaman. Yugurish yo'lakchasi, velosiped, trenajyorda doimo shug'ullanib turaman. Bu yoshda eng muhimi, taslim bo'lmaslik.
- Va siz taslim bo'lmayapsiz.
- Men bunga yo'l qo'ya olmayman. Agarda taslim bo'lsam, unda hech narsaga erisha olmayman.
- Aytgancha, siz jurnalist sifatida ham faoliyat boshladingiz. Endi sizga hamkasb deya murojaat qilsa ham bo'ladi...
- Futbol hayotimning bir bo'lagi sifatida qolyapti. Bazan bo'lgan va bo'layotgan ishlar tufayli futboldan bezib qolaman. Ammo, baribir futboldan uzoq turolmayman. CHunki ko'plab funkcionerlar, rahbarlar maslahat, yo'l-yo'riq ko'rsatishimni so'rashadi. Ularni eshitishga to'g'ri keladi. Imkon boricha o'z maslahatimni berib, ularga yordam qo'lini cho'zaman. Hozirgi kunda avvalgidan ham ishlarim ko'proq, desam adashmayman.
- Sizga kim qo'ng'iroq qiladi?
- Do'stlarim. Futbolda tanishlar va do'stlarim juda ko'p. "Yuventus"ga hozir ham juda yaqinman. Anelli bilan suhbatlashamiz, qo'ng'iroq qiladi, maslahat so'raydi. Andrea Anelli juda aqlli inson. Bolaligida Andrea doimo meni oldimda yurardi. Balki o'shandayoq ko'p narsani o'rgangan. Andrea "Yuventus" qo'lga kiritgan barcha 36 skudetto maydonda yutilganini juda yaxshi biladi. Hech kim va hech qachon "Yuventus"ning g'alaba qozonishida yordam bermagan.
- Ronaldu. Bu sizning taklifingiz bo'lganmi?
- Yo'q, bu "Fiat"ning xizmati. Aytgancha, o'z vaqtida Ronalduni deyarli "Yuventus"ga olib kelgandim. O'shanda Roni 18 yoshda edi. Men uni "Sporting" safida ko'rganman va ertasi kuni klub bilan transfer bo'yicha bog'langanmiz. Taklif quyidagicha bo'lgan: 5 milliard lira va qo'shimcha sifatida Marselo Salas. CHililik hujumchini 1 milliard lira hisoblagandik. Lekin hammasini Salasni "River Pleyt"ni tanlagani barbod qilgandi. "Yuve" esa o'shanda moliyaviy qiyin ahvolda bo'lgani uchun "Sporting"ga ortiqcha pul berolmasdik. Klub g'aznasida sariq chaqa ham yo'q edi. Keyinchalik Ronalduga "Manchester Yunayted" qiziqib qoldi va transfer amalga oshgandi.
- Bugunchi? Agarda siz rulda bo'lganingizda 33 yoshli Ronalduni sotib olgan bo'larmidingiz?
- Hozirgi moliyaviy holatdan kelib chiqsak, yo'q. Men hech qachon 33 yoshli futbolchi uchun bu kabi harajatga qo'l urmagan bo'lardim. SHuningdek, bir mavsumda kamida 20ta gol uradigan hujumchini sotib yuborishdan ham hecham xursand bo'lmasdim.
- Bu Modji metodimi?
- Agarda men bo'lganimda, avvaliga Iguainni qimmatroqqa sotardim va keyinchalik Ronalduni transferini elon qilardim. Zidanning "Real"ga qanday o'tgani tafsilotlari haqida bilishni istaysizmi? Do'stim Florentino Peres bir kuni sim qoqdi va shunday dedi: "Men "Real" prezidenti bo'laman va Zidanni Madridga olib kelaman. Men shuni istadimmi, demak bu ishni qilish qo'limdan keladi". Men esa unga: "Mayli, bu transfer borasida ishlashni boshlashingga ruxsat beraman. Ammo, hozircha uni sotamanmi yoki yo'q aniq bir narsa demayman".
- Natijada Zidan baribir "Real"ga ketdi...
- Ha, Peres "Real" prezidenti bo'layotganidan xabar topgach men Kranoniga yo'l olib, Nedvedni sotib oldim. Keyin Parmaga borib Buffon va Tyuramni xarid qildim. Bu transferlar amalga oshayotgan pallada hech kim Zidan haqidagi xabarlarni bilmasdi. Agarda Zidan borasidagi gap-so'zlardan xabar topishganida, unda men sotib olgan Nedved, Tyuram yoki Buffonning narxlari osmon bo'lib ketardi. Transferlarni amalga oshirgach Zidanni 150 milliard evaziga "Real"ga sotdim. Ungacha esa Tyuram, Buffon va Nedvedni umumiy 145 milliard liraga olgandim. Qolgan 5 milliard esa klub g'aznasida qoldi.
- Buffon esa 100 milliard liraga sotib olingandi.
- Buffon uchun biz 50 milliard lira to'ladik va Bakkini berdik. Bakkini esa 45 milliard liraga baholangandi. Xo'sh, aytingchi, Buffon qanchalik omadli transfer bo'ldi? Oqladimi? Buffon va Bakkining kelajaklari qanday bo'lganini tasavvur qiling.
- Zidanni "Yuve"ga kelishi sizning xizmatingiz bo'lganmi?
- Biz "Bordo" - "Milan" uchrashuvini kuzatgani borgandik. SHundan so'ng biz 5 milliard liraga Zidanni "Bordo"dan xarid qildik. "Milan" esa Dyugarini 18 milliard evaziga qo'lga kiritdi.
- Ronaldu "Yuventus"da ham "Real"da o'ynagani kabi o'ynab ketadimi?
- Bu erda qiyinroq bo'ladi. A Seriyada futbolchini yaxshiroq qo'riqlashadi. Bir himoyachi seni qo'riqlab, yopsa, qolganlar sen tomon keladigan to'p yo'llarini bekitib qo'yadi. "Yuve" Iguainni olganida, men Gonsaloni jamoaga o'ynashga o'rgatish kerakligini aytgandim. Endi esa hammasi aksincha. Ronaldudan maksimal foydalanmoqchi bo'linsa, unda jamoani Krishtianuga o'ynatishni o'rgatish kerak.
- "Yuventus" Ronaldu brendining soyasida qolmoqda. Ko'pchilik "Yuventus"ga qarshi emas, Ronaldu bilan o'yinga taraddud ko'rmoqda...
- To'g'ri, bu fikrga qo'shilaman. Ronaldu jamoaga emas, balki "Real" Ronalduga o'ynayapti deb Peres menga aytgandi. Ispaniyada o'ynaganida etibor berganmisiz, agarda Ronaldu gol ursa jamoadoshlaridan hech kim golni nishonlamaydi. La Ligada "Real"ning raqiblari Ronalduni yopsa bo'lgani, ortiqcha muammo bo'lmasdi.
- Hozir "Yuventus" atrofida eyforiya kezib yuribdi.
- Eyforiya juda xavfli. Men Allegriga bu kabi narsalarga ortiqcha etibor berib yubormaslikni, vaziyatni yumshatishni aytganman. Andrea menga quloq soladi.
- Siz Bonuchchini jamoaga qaytargan bo'larmidingiz?
- Yo'q. O'rniga Kaldarani berib yuborishlik - ahmoqgarchilikdan o'zgasi emas. Iguainni yo'qotish natijasida "Yuve" kompensaciya sifatida Bonuchchini qaytargandek tuyuldi.
- Skudetto masalasida qanday fikrdasiz?
- "Inter" yaxshi transfer kompaniyasini amalga oshirdi. Spalletti bilan yaqin tanish emasman, ammo u yaxshi jamoaga ega. Nainggolan fonida jamoa yaxshigina kuchaydi.
- Qolganlarchi?
- "Roma" etakchilarni yo'qotdi va kelajak uchun umid beradigan transferlarga qo'l urdi. "Napoli" aniq sovrindorlar qatorida bo'ladi. Lekin ular skudettoni qo'lga kiritishlariga ishonmayman.
- Nahotki Anchelottining kelishi buning uchun etarli emas?
- Karlo ajoyib murabbiy. Bu muhokama talab qilmaydigan masala. Lekin bu chempionlik uchun kamlik qiladi.
- O'z vaqtida siz ham Anchelottini "Yuventus"ga olib kelgansiz.
- O'shanda Anchelottida etarlicha tajriba yo'q edi. Lekin, shunga qaramay Karlo biz bilan ikkita yaxshi mavsumni o'tkazgan. Ikkita chempionlikni boy berganimizga asosiy sabab - Kollina va Perudja, keyin esa Rimda Nakata tufayli chempionlikdan quruq qolgandik.
- Fakt shuki, uning o'rniga Lippini taklif qilgansiz.
- Aslida bu Karlo Anchelottining omadi. O'shanda Anchelotti faoliyatida burilish yasalgan. Aslida Karlo "Parma"dan to'g'ri Turkiya klubiga ketmoqchi bo'lgan. Men o'shanda uni Turinga olib kelgandim. Lippi kelgach esa Berluskoni menga qo'ng'iroq qildi va Anchelotti haqida so'radi. Men esa Karlo haqida yaxshi fikrdaligimni aytdim. SHunda Silvio menga Anchelottiga sim qoqib, Milanga taklif etganini aytib qo'yishimni so'radi. "Milan"dan boshlab esa Anchelotti doimo eng yaxshi jamoalarni boshqardi.
- Anchelotti "Yuve"da ishlagan davrda muxlislar uni "cho'chqa" deb atashgan. Ammo klub direktorlari kengashidan hech kim uni himoya qilmagandi.
- Men o'shanda ishqibozlar bilan gaplashganman. "Anchelottini cho'chqa deyapsizlarmi? Unda sevimli jamoalaringizni cho'chqa boshqarishda davom etaveradi, chunki Karlo qoladi", degandim. Ammo keyinchalik qator mag'lubiyatlardan so'ng Anchelotti istefoga chiqqandi.
- "Lacio" rahbari Lotitoning Simone Inzagi manzili tomon aytgan gaplarini eshitdingizmi?
- Agarda u buni butun jamoani oldida qiladigan bo'lsa, bu muammo keltirib chiqaradi. Lotito bu ishni o'zaro ko'rishganda yoki alohida suhbatda amalga oshirsa, balki bu foyda berishi mumkin. Lotito tabiatdan shunday inson. Lotito doim vaziyatga o'zgacha yondoshadi. Ammo unutmaslik kerak, Lotito aynan "Lacio"ni qutqarib, elitada saqlab qolgan. Bilasizmi, men Lotito bilan qanday ko'rishganman?
- Yo'q.
- Rimga safarim chog'ida Lotito Medzaromaning qiziga uylanayotgandi. Lotito meni manzilim tomon ham ko'plab ilmoqli gaplarni yo'llagan. Masalan qaynotasiga: "Ruxsat bering, Modjini futboldan irg'itib yuboraman", degan.
- Demak siz o'shanda unga etarlicha baho bermagansiz.
- "Lacio"ning bo'lajak prezidenti sifatida Lotito menga shunday degan: "Ko'rdingmi?". Men esa: "Eshit, bir kuni ular seni orqanga tepib yuborishadi, ko'rasan", deganman. Keyin esa hammasi aksincha bo'ldi. Lotito vaziyatdan silliq chiqib ketib, o'z ishini bajardi. Aynan shu ishlari evaziga hozirgi darajaga erishdi.
- Murabbiylar orasidan sizga o'xshaganini ko'rsata olasizmi?
- Birgina Bigonni aytishim mumkin. Biz Bigon bilan Neapolda chempionlikni qo'lga kiritganmiz. Keyin esa u bilan hech narsani yutolmadik. Bigon yaxshi inson.
- Siz futbolchilarga hayfsan berganmisiz?
- Zebina bilan bo'lgan voqeani eslayman. Zebina 4 oy jarohatini davolash bilan band bo'layotganida mendan shartnomani uzaytirish va maoshini ko'tarishni so'ragandi. O'shanda Zebina jamoa bosh murabbiyi Kapello bilan ham aksiga olib juda ahloqsiz suhbatlashardi. O'shanda maoshini ko'tarishni so'rab kelgan Zebinani meni xonamdan qochib chiqib ketib, zinadan qanday yugurib tushganini ko'rganingizdami...
- Katta mojaroga ham 12 yil to'ldi. Yakunda esa Tanentopoli siyosatga hech qanday yordam bermadi, Kalchopolini esa futbolga bir tiyinlik foydasi tegmadi.
- Bundan 10 yil avval Jiraudo menga: "Sen bizlarni yo'qotding. Endi esa bizdan keyin qanday bezorilar kelishini ko'rasan", degandi. U haq bo'lgan ekan. Yangi kelganlar Federaciya yoki ligaga prezident saylashni ham eplay olishmadi.
- "Sen juda yaxshisan", deb birinchi bo'lib kim sizga aytgan?
- Italo Allodi. Allodi menga futbol tizimida ishlashni o'rgatgan inson. Aynan u meni "Yuventus"ga olgan va qolganlarni haydab yuborgan. Men esa o'shanda nima qilishni bilardim. Kauzio, Paolo Rossi, Tardelli, Jentile va SHirea - bularni hammasini men kashf qilganman.
- Allodini baribir hakamni sotib olganlikda aybdor qilishdi.
- U o'z ishini biladigan va hurmati baland inson edi. Keyinchalik uni aybsizligi isbotlandi, oqlandi. Ammo Allodi bu vaqt ichida sog'lig'idan ayrildi.
- Zamonaviy futbolda kimni Allodiga qiyoslagan bo'lardingiz?
- Zamonaviy futbolda Allodi kabi funkcioner yo'q. O'z vaqtida Kerpalo Marino Allodi uslubiga yaqin ishlagan. Ammo malum vaqtdan so'ng ishni eplolmagan.
- Marotta haqida unutib qo'ydingiz...
- Ha, u juda yaxshi rahbar, boshqaruvchi. Lekin uni ko'p hollarda Paratichi to'ldirib turadi.
Davomi bor...
Fikrlar