“Seltik” “Manchester Siti” vingerini ijaraga oldi
29 avg 2017 01:57
Yangiliklar
“Seltik” “Manchester Siti” vingerini ijaraga oldi
“Manchester Siti” vingeri Patrik Roberts joriy mavsumni ijara asosida “Seltik” klubida o'tkazadigan bo'ldi.
SHotlandiya chempioni “Seltik” Angliyaning “Manchester Siti” klubi vingeri Patrik Robertsni yana ijaraga oldi, deb xabar bermoqda shotland jamoasi rasmiy sayti.
Robertsni ijara
asosida o'z safida ko'rish istagini “Xaddersfild” va “Nicca” jamoalari ham
bildirishgan edi. Lekin angliyalik 20 yoshli futbolchi yakunda “Seltik” variantini
tanladi.
Patrik so'nggi bir
yarim yilni aynan “Seltik” safida ijara asosida o'tkazgan edi. Roberts bu jamoa libosida
60 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol kiritgan va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar