"Selta" Nolitoni El-Xaddadi va Sandroga almashtirmadi

Aslanov Jasurbek
26 yanv 2016, 18:14
"Selta" rahbariyati va murabbiylar shtabi "Barselona"ning Nolito borasidagi navbatdagi taklifini rad etdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Kataloniya klubi Nolitoni o'rniga Munir El-Xaddadi va Sandro Ramiresni taklif qilgan, ammo "Selta" bosh murabiyi Eduardo Bericconi bu variant qoniqtirmaydi. Mutaxassisning fikricha, bu futbolchilar Nolitoni o'rnini bosa olmaydi.

"Barselona" yana bir variant taklif qildi: Nolitoni xarid qilish sharti bilan uni ijaraga olish, lekin klub bu taklifni ham qabul qilmadi. "Selta" Nolitodan kamida 18 mln. evro ishlab olmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca