So’nggi yangiliklar

21:15"Локомотив" Анталияда Грузия жамоасига мағлуб бўлди  0 20:55Майдон ташқарисидаги "Эл Класико": "Реал" ва "Барселона" бир ҳимоячига қизиқмоқда  0 20:31Гвардиола ёзда кетадими? Романо жавоб берди  10 20:04"Барселона" ҳимоячиси 1 йилдан ортиқ вақт депрессия билан курашганини айтди  0 19:37Садриддин Абдуллаев: "Локомотив" — янги жамоа. Ичимдаги "футболчи" ҳиссини енгиб ўта олдим"  1 19:11Сэр Жим Рэтклифф ўз баёноти юзасидан изоҳ берди  0 18:49"Пахтакор" Украина жамоасига мағлуб бўлди  22 18:28Мураббий янги, лекин муаммолар эскилигича қолмоқда  11 18:02САфарда ОКМК ўйинида. Нодир Абдураззоқов ва Миржамол Қосимов "Ротор" билан баҳсдан кейин нимлар дейишди?   1 18:00Деку: "Мен "Барселона"га Лапортанинг қайта қуриш ҳақидаги лойиҳасига ишониб келганман"  2 17:33"Реал", "Ливерпуль" ва "Челси" "Борнмут" ҳужумчисини кузатмоқда  1 17:07Темурхўжа Абдухолиқов: "Ёши ўтиб қолди дейишмоқда, аммо..."  0 16:44Рэтклифф туфайли бутун дунё яна МЮ ҳақида гапира бошлади. Adidas ҳам оёққа турди  4 16:17Расман: "Машъал" шимолий македониялик форвард билан шартнома тузди  1 15:55САфарда "Локомотив" меҳмони. Темурхўжа Абдухолиқов ва Садриддин Абдуллаевдан интервью  0

Sekeyra Portugaliya nashriga: "O'zbekistonga ancha moslashib oldim" Yangiliklar

Sekeyra Portugaliya nashriga: "O'zbekistonga ancha moslashib oldim"

Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi bosh murabbiyi Mikael Sekeyra Portugaliyaning mashhur nashlaridan biri bo'lmish Abola'ga intervyu berdi.

"Bizda hammasi yaxshi, ketma-ket oltita g'alabaga erishdik va so'nggi sakkizta o'yinda yutqazmadik. CHempionatda 4-o'rinda bormoqdamiz, shuningdek Kubokda ham ishtirok etyapmiz. Seshanba kuni muhim o'yinimiz bor ["Metallurg"ga qarshi o'yin], agar shunda g'alaba qozonsak, jadvalda ancha yuqorilab olamiz.

Aslida umuman boshqacha, juda agressiv futbol, juda ham Sovet Ittifoqi uslubiga o'xshaydi, hakamlar bizning kriteriyalardan foydalanmaydi, ular juda yuqori agressivlikka ham chidashadi. Hatto o'yinchilarimdan biri oyog'ini shikastlab olgan bo'lsa ham, raqib ogohlantirish ham olmadi. Ularning murabbiyi esa o'yinchining tezroq chiqib ketishini aytdi, sababi yutqazayotgan edi, o'yinchim esa zambilda maydonni tark etdi. Bunaqasini oldin ko'rgan emasman! Hakamlar esa o'yinni davom ettirishga ruhsat berishadi.

Boshida taktik jihatdan ham, madaniy jihatdan ham qiyin bo'ldi. Ikkita o'yinda yutqazdim, ilk o'yinda esa birinchi daqiqanoq gol o'tkazib yubordik. Bu juda qiyin bo'ldi, bundan tashqari shaxsiy sabablarga ko'ra eng yaxshi o'yinchim yo'q edi. Hozir ancha moslashib oldim, o'yinchilar ham mening g'oyalarimga ko'nikishdi.

Saudiya Arabistonida bo'lganim uchun menda "madaniy shok" bo'lmadi. Ha, albatta, qiyin paytlar bo'ladi, hozir Ramazon oyi, barcha jiddiy tarzda bunga amal qilmoqda. Ular eyishmaydi va ichishmaydi, shu bilan birga juda yuqori haroratda, masalan 36 gradusda o'ynashadi.

SHahar fantastik, to'la evropacha, mamlakat juda boy, unda imkoniyatlar katta va o'smoqda, u 4-5 yildan so'ng osongina katta darajaga erishishi mumkin. Bu Rossiyadan boshlanib, boshqachalarga yaqinlashayotgan mamlakatdir", - deydi Sekeyra.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика