Sebastyan Abreu jahon rekordini o'rnatdi
15 noy 2016 09:41
Yangiliklar


Sebastyan Abreu jahon rekordini o'rnatdi
Urugvay terma jamoasi sobiq hujumchisi Sebastyan Abreu faoliyatida 28-klub safiga o'tib jahon rekordini o'rnatdi, deb xabar bermoqda Mirror nashri.
Dushanba kuni 40 yoshli futbolchi Braziliyaning "Bangu" klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu Abreu uchun faoliyatidagi 28-klubga aylandi.
Abreu katta futbolda 1995 yilda Urugvayning "Defensor Sporting" klubida debyut qilgandi. U dunyoning 10ta mamlakati chempionatida o'ynagan: Urugvay, Meksika, Salvador, Ispaniya, Braziliya, Ekvador, Greciya, Isroil, Paragvay va Argentina.
Hujumchi terma jamoa safida 70ta o'yin o'tkazib 26ta gol urgan. Abreu Urugvay terma jamoasi tarkibida to'rt marta Amerika kubogi va ikki marta Jahon chempionatida qatnashgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar