So’nggi yangiliklar

01:50Ўзбекистон U23 термаси Хитойдаги турнирда иштирок этади  0 01:41Франция. ПСЖ қийин ўйинда дуранг ўйнади ва пешқадамликни сақлаб қолди  1 01:11Саудия Арабистони. "Ал Аҳли" ўз майдонида "Ал Шабаб"ни мағлуб қила олмади  2 00:50Суперлига. "Сўғдиёна" – "Сурхон" 2:1  0 00:46Тер Штегеннинг қишда "Барселона"дан кетиши инкор қилинмаяпти  1 00:12Швеция термасини инглиз мураббийи бошқаради  0 00:10Суперлига. "Андижон" – "Шўртан" 4:3  0 23:54Иван Бошкович: "Ҳозир саккизинчи ўриндамиз, лекин мақсадимиз юқорироқда. Бунинг учун ҳаракат қиламиз"  5 23:18Февзи Давлетов: "Ўйинга қайтишимиз учун гол етишмади"  6 22:56Максим Шацких: "Мен доим бир гапни айтаман: биз мухлислар учун ўйнаймиз"  4 22:44Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Рустам Ашурматов тўлиқ ўйнади  0 22:21Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод" дуранг ўйнади, жамоа кетма-кет учинчи ўйинда ғалаба қозона олмади  3 21:52Асрор Алиқулов: "Қўлдан келганча ҳаракат қилдик"  4 21:21"Бундай ҳолатлар Спорт арбитраж судида нормал амалиёт сифатида қабул қилинади" - ЎФА расмий баёнот билан чиқди  7 21:10Суперлига. "Машъал" – "Хоразм" 0:3  0

SE: "SHomurodovga Evropadan aniq taklif bor" Yangiliklar

SE: "SHomurodovga Evropadan aniq taklif bor"

"Rostov" hujumchisi Eldor SHomurodov tez orada RPLni tark etishni maqsad qilgan.

Bu haqida hamyurtimiz mijozi hisoblanadigan "ProSportsManagement" kompaniyasi rahbari German Tkachenko Rossiyaning "Sport-Ekspress" nashriga malum qildi.

"Bizning maqsadimiz — jamoa muxlislarini xafa qilmagan holda yozda "Rostov"ni tark etish. Aytish lozimki, Rossiya chempionatidan tushadigan hech qanday takliflarni ko'rib chiqmaymiz. Biz g'arbga bormoqchimiz. Bugungi kunda Evropadan aniq taklif bor.

Qishda ham bir nechta takliflar bo'lgandi, ammo "Rostov" rahbariyati ularni etiborsiz qoldirishni maqul ko'rdi. Rahbariyat qarorini hurmat qilamiz, ularda qishda SHomurodov borasida tushadigan takliflarni ko'rib chiqmaslik huquqi bor edi.

Yozda esa hammasi boshqacha bo'ladi. Biz kuchli ligalarda o'ynashni xohlaymiz. To'g'ri, qarorni klub rahbariyati hal qiladi. Ammo biz ular bilan transferga adolatli narx belgilash borasida kelishib olganmiz. Buni keyinroq birgalikda muhokama qilamiz", — dedi Tkachenko "SE" nashriga.

Eslatib o'tamiz, SHomurodov yanvarda "Rostov" bilan shartnomasini yana 5 yilga uzaytirgandi. "Transfermarkt" portali malumotlariga ko'ra, hamyurtimizning ayni damdagi transfer bahosi 6,5 million evroni tashkil qiladi.

"ProSportsManagement" agentlik kompaniyasi rahbari German Tkachenko

Reyting: +88   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика