So’nggi yangiliklar

16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  0 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  0 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  0 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  15 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  10 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3 13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  16 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  10 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  7 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  12 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  5 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  31 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  4 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  15

Asror Aliqulov: "Qo'ldan kelgancha harakat qildik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Qo'ldan kelgancha harakat qildik"

Superliga 25-turidan o'rin olgan "Andijon" - "Sho'rtan" (4:3) uchrashuvidan so'ng "Sho'rtan" bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Tezkor gol o'tkazib yubordik. Bu ham o'yinimizga tasir qildi. Andijonda muxlislar katta kuch hisoblanadi. Buni o'yindan oldin futbolchilarga aytib, bosimga dosh berishimiz kerakligini aytgandik. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng o'zimizga kelish qiyin bo'ldi. Bu o'yinga berilgan ko'rsatma g'alaba qozonish edi, chunki hozirgi holatda oldimizda bundan boshqa variant yo'q. Bugun uchta gol urib, to'rtta o'tkazdik. Hujumda rejamiz ish berdi-yu, ammo himoyada xatolar kuzatildi. Yo'qsa mag'lubiyatga uchramasdik. Mag'lubiyatga qaramasdan bugungi o'yin uchun futbolchilarimizga rahmat aytmoqchiman. Biz qo'ldan kelgancha harakat qildik. Muxlislarga yoqadigan futbol ko'rdik deb o'ylayman.

- Birinchi bo'limdayoq ikki nafar futbolchini almashtirdingiz. Bu himoyachilarning yaxshi o'yin ko'rsata olmagani bilan bog'liqmi?

- Almashtirilgan futbolchilar o'yin tezligiga kirishib keta olmadi. Birinchi gol o'ng qanotimizdan sodir bo'ldi. Hujumga chiqishda ham ishonch etishmadi. Ishonchni qaytarish uchun futbolchilarni almashtirdik.

- Abror Toshqo'ziev bilan Jasur Hakimov bugun zaxiradan maydonga tushirildi. 

-O'yinga belgilangan taktika hamda futbolchilarning jismoniy holatidan kelib chiqib ularni zaxirada qoldirdik. Abrorni qanotga tushirdik, Hakimov esa hujumga qo'shildi. Shundan so'ng ikki nafar hujumchi bilan o'ynay boshladik.

- "Sho'rtan" Superligada jon saqlab qola oladimi?

- Oradagi ochkolar farqi katta. Buning ustiga Superligada jamoalar darajasidan kelib chiqib aytadigan bo'lsam, bu juda qiyin bo'ladi. Ammo oldimizda boshqa yo'l yo'q. Har bir bahsga faqat g'alaba uchun chiqishdan boshqa choramiz yo'q. Bizga kuchli himoyachilar kerak, chunki katta kuch bo'lib oldinga o'tyapmiz va bu payt himoyada muammolar yuzaga kelyapti. Himoyamiz ochiq qolayotgani bois gollar o'tkazyapmiz.

- Penalti haqida fikringiz?

- Hakamlar VARga murojaat qilib yakuniy qarorni qabul qilishdi. Shuning uchun bu borada biron gap ayta olmayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

+2   
17 okt 22:42:02
Black Dragons
Bugungi oʻyinni hakamlari ketiga urdi , Shurtan bugun g'alabaga haqli edi , hakamlar Andijonni qulogʻidan tortib olib chiqdi , Shurtanga keyingi o'yinlarda omad yor boʻlsin.
+2   
17 okt 22:35:36
Odiljon
Shortanni uyini yaxshi asror. Keyingi uyinlarga omad
   
18 okt 07:47:59
Erkin Murodov
Нима киласанлар андижон мухлислари уйин сотилгани кундик равшанку силарга гапирганди фойдаси йук узларингдикини тугирлайсилар шуртан уйин томонлама солиб ташладику иккита финалтини курам бермайдику
   
17 okt 22:53:08
fayzullo turg'unov
fayzullo turg'unov foydalanuvchining fikriga javob berish
Sudya nima qildi andijonimizam ja zor óynamadi lekin galaba qozondi darov sudya osilmalarin
Nima qildi marisol keltirib aytchi hechnima qimadi sudya yahshi boshkardichesni
   
17 okt 22:51:53
fayzullo turg'unov
Sudya nima qildi andijonimizam ja zor óynamadi lekin galaba qozondi darov sudya osilmalarin
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика