Sautgeyt Keynning jarohati haqida nimalar dedi?
22 noy 2022 11:00
Yangiliklar
Sautgeyt Keynning jarohati haqida nimalar dedi?
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt jamoa sardori Harri Keynning sog'lig'i haqida malumot berdi.
"Menimcha, Harri bilan hammasi joyida. Bu juda qo'pol chalish edi, lekin u o'ynashda davom etdi. Biz uni almashtirdik, chunki buni vaqti keldi deb o'yladik", – dedi Sautgeyt.
Harri Keyn Eron bilan o'yinda (6:2) gol ura olmadi, ammo 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U ikkinchi taym boshida oyog'idan og'riqli zarba qabul qilib oldi, ammo 75-daqiqagacha o'ynadi va Kallum Uilson bilan almashtirildi.
Fikrlar