Saudiyaliklar "Barselona"ga 80 mln. evrodan ko'proq taklif qilishdi
16 mar 2024 14:10
Yangiliklar
Saudiyaliklar "Barselona"ga 80 mln. evrodan ko'proq taklif qilishdi
Rafinya Dias faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, o'tgan hafta "Barselona" Saudiya Arabistoni klublaridan yangi taklif olgan. Klub hali unga javob bergani yo'q, chunki mavsumning hal qiluvchi pallasi endi boshlanmoqda.
Saudiyaliklar Rafinya uchun "Barselona" talab qilganidan ko'proq taklif qilishmoqda. O'shanda Kataloniya klubi o'z futbolchisi uchun 80 mln. evro so'ragan edi.
Vingerga Saudiyaning 4ta klubi - "Al Hilol", "Al Nassr", "Al Ittihod" va "Al Ahli" qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi "Barselona"dan ketmoqchi emas, ammo klub uni sotishni ko'rib chiqmoqda.
Rafinya joriy mavsum LaLiganing 20ta uchrashuvida maydonga tushib, 4ta gol urdi va 6ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. Учта голи ҳисобланмаган "Челси" 10 киши қолган "Барселона"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет бешинчи учрашувда дуранг ўйнади ва гуруҳдан чиқиш имкониятини сақлаб қолди
Морган Роналдунинг шартли дисквалификацияси ҳақида: "Тўғри қарор. Криштиануни атайлаб кийимидан тортишган"
"Насаф"нинг икки етакчиси "Пахтакор"га ўтади
Fikrlar